Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Humans ilovasi orqali 2 mingdan ortiq shaxsning pullari o‘g‘irlangan – manba
O‘g‘irlangan pullar miqdori qariyb 7 mlrd so‘mni tashkil etadi, deya ma’lum qildi Kun.uz manbasi. Markaziy bank Paylov to‘lov tashkilotidagi tekshiruvni yakunlab, xulosasini IIVga taqdim etdi. Jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, IIV huzuridagi Tergov departamenti tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Foto: Humans
Humans ilovasi orqali 2 mingdan ortiq foydalanuvchining qariyb 7 mlrd so‘m mablag‘i o‘g‘irlangan. Bu haqda Kun.uz manbasi ma’lum qildi.
O‘g‘irlik 2025 yil dekabr oyi boshida ro‘y bergan, o‘shanda Humans kompaniyasi va Paylov to‘lov xizmati bir-birini ayblab bayonotlar bergandi.
7 yanvar kuni Markaziy bank Humans kompaniyasiga to‘lov xizmatlarini taqdim etgan “Octogram” AJ (Paylov savdo belgisi) to‘lov tashkilotida tekshiruv yakunlanganini ma’lum qildi.
Tekshiruv natijalari bo‘yicha tuzilgan ma’lumotnoma Ichki ishlar vazirligiga huquqiy baho berish va o‘z vakolati doirasida choralar ko‘rish uchun taqdim etilgan.
Markaziy bankka ko‘ra, jabrlanuvchilar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilishi kerak.
Ichki ishlar vazirining matbuot kotibi Shohrux G‘iyosovning Kun.uz'ga ma’lum qilishicha, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi (juda ko‘p miqdordagi o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va hozirda IIV huzuridagi Tergov departamenti tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
09:30 / 14.02.2026
Markaziy bank qo‘mitasi: 4 to‘lov tashkiloti ogohlantirildi, 8 ta tashkilotga jarima
16:42 / 05.02.2026
Islomiy bank faoliyatining joriy etilishiga oid qonun Senatda ma’qullandi
19:11 / 03.02.2026
UPay to‘lov tizimiga egalik qiluvchi «Maroqand» AJ bankrot deb topildi
13:20 / 29.01.2026