Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Airbus rahbari Qozog‘iston bilan kelishuv tufayli so‘roq qilindi
Foto: Reuters
Fransiyada korrupsiyaga qarshi ishlar bo‘yicha tergovchilar Airbus bosh direktori Tom Enders va kompaniyaning yana uch top-menejyerini Qozog‘istonga 2010 yilda sun'iy yo‘ldoshlarni sotish bo‘yicha ish yuzasidan guvohlar sifatida so‘roq qilishdi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
Enders va kompaniya direktorlar kengashi raisi Deni Ranke Parij yaqinidagi Nanterda oktabr boshida so‘roq qilingan, deb xabar bermoqda France Inter hamda Der Spiegel nashri.
Rasmiylar sun'iy yo‘ldoshlarning sotilishi bilan bog‘liq shubhali to‘lov masalasini surishtiruvdan o‘tkazmoqda, deb xabar berdi Mediapart. Ta'kidlanishicha, Enders va kompaniyaning boshqa rahbarlari unga aloqadorlikda gumon qilinmayapti.
«Biz faqat shuni aytishimiz mumkinki, hukumat bilan bu masalada hamkorlik qilmoqdamiz», - deya aytib o‘tdi Airbus matbuot kotibi.
Mavzuga oid
18:02 / 13.01.2026
Shavkat Mirziyoyev Chirchiq aviatsiya ta’mirlash zavodi faoliyati bilan tanishdi
18:39 / 29.11.2025
UzAirways Airbus A320/321 samolyotlarining dasturiy ta’minotini o‘zgartirdi
17:35 / 29.11.2025
Airbus kompaniyasi A320 samolyotlarini ommaviy ravishda chaqirib oladi
11:46 / 20.11.2025