21:19 / 24.11.2017
9906

iPhone X'da Windows 95 ishga tushirildi (video)

YouTube'dagi Hacking Jules kanali muallifi barchaga iPhone X'da Windows 95'ni ishga tushirish mumkinligini ko‘rsatib berdi. Paydo bo‘lganiga 20 yildan ortiq vaqt bo‘lgan operatsion tizim Apple smartfonida ancha yaxshi ishlamoqda. To‘g‘ri, sensor ekranda ishlash u qadar qulay emas, zero operatsion tizim sichqoncha, klaviatura va joystikda boshqarishga moslashtirilgan.

Windows 95 operatsion tizimni yo‘lga qo‘yish uchun tajribachi Power DOS nomli emulyatorni qo‘lladi. Biroq u zamonaviy "olma" smartfonida Microsoft'ning eski operatsion tizimini ishga tushirish bilan cheklanib qolmadi. U xuddi shu gadjyetning o‘zida SimSity 2000 va "Saper" o‘ynadi. Bundan tashqari, u Microsoft Word matnli muharririning eskirgan versiyasida biroz ishladi.

Top