Sport | 01:30 / 25.11.2017
13317
2 daqiqa o‘qiladi

Yilning eng yaxshi tennis uchrashuvi ma'lum qilindi

Foto: Robert Deutsch / Reuters

Rossiyalik tennischi Mariya Sharapovaning ruminiyalik Simona Xalepga qarshi US Open’dagi uchrashuvi 2017 yilning “Katta dubulg‘a” seriyasidagi eng yaxshi uchrashuvi deb topildi. Bu haqda Ayollar tennis uyushmasi (WTA) saytida ma'lum qilindi.

Uchrashuv avgustda bo‘lib o‘tgan va rossiyalik sportchining 6:4, 4:6, 6:3 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan. Natijada Sharapova musobaqaning 4-davrasigacha yetib borgan, biroq u yerda latviyalik Anastasiya Sevastovaga imkoniyatni boy bergan. Musobaqa g‘olibi esa amerikalik Sloan Stivens bo‘lgan.

21 noyabrda Hindiston politsiyasi Sharapovaga nisbatan tergov boshladi. Mariya Gurgaon shahrida turar joy majmuasini qurishi kerak bo‘lgan Homestead kompaniyasi bilan jinoiy til biriktirishda gumon qilinmoqda. Gap shundaki, Sharapova ushbu kompaniyaning turar joy majmuasi qurilishi reklamasida ishtirok etgan. 1,5 mingga yaqin odam ushbu reklamaga ishonib, majmua qurilishiga pul tikkan. Majmua 2016 yilda qurib bitkazilishi kerak bo‘lgan, biroq qurilish umuman boshlanmagan.

Sharapova taqiqlangan meldoniy moddasini qabul qilgandan keyin 15 oylik diskvalifikatsiyani o‘tagach, aprelda yana kortga qaytdi. Tennischi majburiy tanaffus vaqtida o‘zining hayoti haqida kitob yozdi. Kitob sentabrda sotuvga chiqqan.

Mavzuga oid