Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Koreya instituti prezidenti Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi maslahatchisi bo‘ldi
Foto: Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi
Koreya kadrlarni rivojlantirish instituti prezidenti Kim Yon Se O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi faxriy maslahatchisi bo‘ldi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi matbuot xizmati xabar qilgan.
Ushbu qaror mehnat migratsiyasini tashkil etishda mavjud tajriba va amaliy ko‘nikmalarni hisobga olgan holda, shuningdek, koreyalik ish beruvchilar bilan O‘zbekistondan ishchi kuchini jalb qilish maqsadida o‘zaro ish olib borish maqsadida qabul qilindi.
Koreya rivojlantirish instituti prezidenti Kim Yon Se Kvanju universitetining buxgalteriya fakulteti va oliy tijorat maktabini, Kyongsang elektron hisobga olish fakulteti, Kvanju universiteti magistraturasi, Chonnam universitetining ma'muriy nazorat va boshqaruv bo‘yicha oliy siyosiy kursini tamomlagan.
Eslatib o‘tamiz, prezident Shavkat Mirziyoyevning Koreya Respublikasiga davlat tashrifi mobaynida Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi rahbari X.Asomov va Kim Yon Se o‘zaro anglashuv memorandumini imzolab, Kadrlar tayyorlash va bandlik darajasini qo‘llab-quvvatlash dasturini tasdiqladi.
Mavzuga oid
10:44 / 23.04.2026
Koreyada vafot etgan o‘zbekistonlik qiz haqida rasmiy bayonot berildi
10:59 / 10.04.2026
O‘zbekistonliklar o‘qish uchun eng ko‘p Rossiya va Koreyaga ketmoqda
12:50 / 02.02.2026
Koreyadagi yong‘inda O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘lgani haqidagi xabarlar rad etildi
12:24 / 30.01.2026