Jahon | 16:47 / 25.11.2017
18103
2 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘istonlik ayol O‘zbekiston fuqarosini o‘ldirganlikda gumonlanmoqda

Foto: Photl

Qozog‘istonning Olmaota viloyatida istiqomat qiluvchi ayol O‘zbekiston fuqarosini o‘ldirganlikda gumonlanmoqda, deb xabar berdi Nuz.kz viloyat Ichki ishlar departamenti matbuot xizmatiga tayangan holda.

Qayd etilishicha, Iliy tumani shifoxonasiga pichoq bilan jarohatlangan erkak olib kelingan. U oradan ikki soat o‘tib hayotdan ko‘z yumdi.

Politsiyachilar jabrlanuvchi yashagan uyning egasi bo‘lgan 30 yoshli ayolni qo‘lga olishdi. Xabar qilinishicha, u erkak bilan oila qurmoqchi bo‘lgan. Ayol ikki farzandini bir o‘zi tarbiyalagani aytilmoqda.

"Qo‘lga olingan ayolning iddao etishicha, erkak o‘zaro janjal paytida uni pichoqni olishga majburlagan va o‘z ko‘kragiga uni zarb bilan sanchgan. Gumonlanuvchining ko‘rsatmalari sudga qadar tergov davomida tekshiriladi, Qozog‘iston JKning tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi", - deya xabar berishgan mintaqa Ichki ishlar departamenti matbuot xizmatidan.

Qotillikda gumonlanayotgan ayolning xabar qilishicha, hayotdan ko‘z yumgan erkak o‘zini O‘zbekistonning 27 yoshli fuqarosi sifatida tanishtirib, Iliy tumaniga pul ishlab topish maqsadida kelganini aytgan.

Mavzuga oid