Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Namanganda yirik yong‘in: bir inson halok bo‘ldi, 19 ta yong‘inni o‘chirish texnikasi jalb etildi
Foto: mvd.uz
2017 yilning 23 noyabr kuni soat 11.46da Namangan shahar Yong‘in xavfsizligi xizmatining 101 raqamiga Namangan shahrining “Yangi asr” mahalla fuqarolar yig‘ini, Marg‘ilon ko‘chasi 218-uyda joylashgan NeAT SOURCE INDUSTRY xususiy korxonasiga qarashli ko‘piklangan polietilen ishlab chiqarish sexida yong‘in sodir bo‘layotganligi haqida xabar kelib tushgan, deb ma'lum qilmoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi.
Yong‘in xavfsizligi xizmatining birinchi bo‘linmalari voqea joyiga yetib borganda, ushbu sexning 350 kv.m. maydonda tomi, ichki qismi, jihozlari yonayotganligi va yong‘in atrofdagi sexlarning tom qismlariga ya'ni, «Pantera sanoat servis» xususiy korxonasiga qarashli poyabzal ishlab chiqarish sexining 140 kv.m., «Asror tekstil» mas'uliyati cheklangan jamiyatga qarashli kiyim-kechak ishlab chiqarish sexining 100 kv.m., yakka tartibdagi tadbirkor M.Masixanovga qarashli tayyor oyna mahsulotiga ishlov berish sexining 300 kv.m., xususiy tadbirkor A.Abbosiddinovga qarashli terini qayta ishlash sexining 200 kv.m. hamda «Asil sharof go‘sht mahsulotlari» mas'uliyati cheklangan jamiyatga qarashli muzlatgich binosining 1000 kv.m. maydoniga tarqalib ketganligi ma'lum bo‘lgan.
Yong‘inni o‘chirish vaqtida NeAT SOURCE INDUSTRY xususiy korxonasi ishchisining jasadi topilgan.
Yong‘inni bartaraf etishga 19 ta yong‘inni o‘chirish texnikasi jalb etilgan.
Yong‘inning taxminiy sababi ko‘piklangan polietilen ishlab chiqarish texnologiyasida suyultirilgan gaz ballonlaridan xavfsiz foydalanish qoidalarining buzilishi.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Mavzuga oid
14:58 / 27.12.2025
Sebzorda avtomobil yonib ketdi: jarohatlanganlar yo‘q
08:27 / 25.12.2025
Namanganda ko‘mir ombori rahbari lavozimiga tayinlash uchun 40 ming talab qilgan shaxslar ushlandi
13:26 / 20.12.2025
Qoratosh–Samarqand Darvoza ko‘chalari kesishmasida mashina yonib ketdi
08:21 / 13.12.2025