Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
FQB bir kunda qurol xaridi uchun 200,000 dan ortiq so‘rovni qayta ishladi
AQShda qurol-yarog‘ xarid qilishni juda mushkul ish deb bo‘lmaydi. Noyabr oyining so‘nggi juma kuni o‘tkaziladigan chegirma savdolarida havaskorlar o‘zlari xohlagan qurolni xarid qilishga harakat qilishadi. Federal Qidiruv byurosi esa, ilk marotaba 200,000 dan ortiq chek bo‘yicha qo‘shimcha aniqlashni o‘tkazgan. Bu raqam avvalgi ikki yilgi sondan sezilarli yuqoridir, deb yozmoqda USA Today gazetasi.
Bu yil qurol xarid qilish chog‘ida 203,086 ta tekshirish so‘rovi kelib tushgan. 2016 yilda bu raqam 185,713 tani, 2015 yilda 185,345 tani tashkil etgan. Ta'kidlanishicha, ushbu son aynan shuncha dona qurol sotilganini anglatmaydi. Aksincha, haqiqiy sotilgan qurollar soni ancha ko‘p bo‘lishi mumkin.
Mavzuga oid
17:56
«Tramp sizning yagona ittifoqchingiz» – Vens ham Isroilni tanqid qildi
12:58
Toshkent AQSh va Eron o‘rtasidagi diplomatik yutuqni yuqori baholadi
08:37
Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi cheklovlar olib tashlandi, muzokaralar boshlandi
22:16 / 18.06.2026