Oq uydagi matbuot anjumanida AQSh vitse-prezidenti Jyey Di Vensdan Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahuning Eron bilan kelishuvdan g‘azabda ekani haqida so‘rashdi. Vens Netanyahudan bunday izohlarni eshitmaganini aytdi, biroq Isroil hukumati a’zolarining AQSh-Eron kelishuvga va shaxsan Trampga hujumlarini tanqid qildi.
«Men [AQSh-Eron] bitimini barbod qilishi mumkin bo‘lgan taxminiy ssenariylarga kirishmoqchi emasman. Chunki, prezident Trampning kutilmasi shuki, isroilliklar va mintaqadagi arablarning barchasi hamkorlikda ish tutib, ushbu bitimni oxiriga yetkazadi.
Axios xabarini ko‘rdim: Netanyahu g‘azabda emish. Bu xabar men u bilan olib borgan suhbatlarni aks ettirmaydi. Balki u menga aytmagan narsalarni boshqalarga aytayotgandir.
Meni haqiqatan ham tashvishga soladigani boshqa: Bibi kabinetidagi ba’zi a’zolar bitimni ochiqdan-ochiq tanqid qilganini, ba’zi hollarda esa ular AQSh prezidentini shaxsan haqorat qilganini ko‘rdingiz.
Ularga ikki xil xabar bermoqchiman:
Birinchidan, Donald Tramp — hozirgi damda butun dunyoda Isroil davlatiga hamdard bo‘lgan yagona davlat rahbari. Qolaversa, u dunyodagi yagona o‘ta qudratli davlatining rahbari hamdir. Agar men Isroil hukumatida bo‘lsam, dunyoda qolgan yagona kuchli ittifoqdoshimni «nishonga» olmasdim».
US Vice President JD Vance lashed out at Israeli critics of the Iran deal, saying Trump is Israel's 'only powerful' ally, in a sharp rebuke that referenced the billions in US defense aid the country receives https://t.co/83ZRLgPIxG pic.twitter.com/cbOfckihTi
— Reuters (@Reuters) June 18, 2026
U shuningdek, Isroilni himoya qilgan mudofaa qurollarining uchdan ikki qismi «Amerikaga tegishli» ekanini eslatib o‘tdi.
«Ikkinchi xabarim, Bibining o‘zi bu yo‘lga kirmadi. Ammo prezident Trampni hujumga olgan Isroildagi ba’zi hukumat a’zolariga shuni aytardimki, so‘nggi uch oy ichida yurtingizni himoya qilgan mudofaa qurollarining uchdan ikki qismi Amerika qo‘llari bilan yaratilgan va Amerika soliq to‘lovchilarining pullari hisobiga to‘langan.











