Jamiyat | 22:16 / 26.11.2017
18517
2 daqiqa o‘qiladi

Hindistonda bemor oshqozonidan 7 kg ”temir-tersak” chiqarib olindi

Hindistonda jarrohlar bemorning oshqozonidan 7 kg yot jismlar chiqarib olishdi. Bu haqda Zee News xabar bermoqda. 

Operatsiya Satna shahri shifoxonalaridan birida o‘tgan. 35 yoshli Maqsud Xon o‘tkir zaharlanishga gumon bilan tibbiyot muassasalaridan biriga kelib tushgan. 

Foto: SWNS

“Biz bemorning oshqozoni endoskopiyasini o‘tkazishga qaror qildik va uning oshqozonida tangalar, mixlar va gaykalar borligiin ko‘rib taajjubga tushdik. Biz birinchi marta bunday holatga duch kelishimiz”, deb aytgan shifokorlardan biri va Xon psixik nosog‘lomlikdan aziyat chekayotgan bo‘lishi mumkinligin qo‘shimcha  qilgan.  

Foto: SWNS

Bemor yaqinlari u oxirgi 2 yil davomida depressiyadan aziyat chekkanini ta'kidlashgan. Bundan esa metall buyumlar yutish kabi g‘alati odat rivojlanishi mumkin.  

Foto: SWNS

Shifokorlarning ta'kidlashlaricha, operatsiya o‘z vaqtida o‘tkazilgan va yutilgan buyumlar erkakka jiddiy ziyon yetkazmaganligi qayd qilingan.

Foto: SWNS

 

Mavzuga oid