Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Parvozdan qo‘rqadi». 60 ta qotillikda ayblanayotgan kriminal avtoritet Rossiyaga olib kelinmadi
60 ta qotillikni tashkil etishda ayblanayotgan «kriminal avtoritet» Aslan Gagiyev (Jako) Avstriyadan Rossiyaga go‘yoki aerofobiyasi (samolyotda uchishdan qo‘rqish) borligi tufayli olib kelinmadi. Bu haqda «Kommersant'» nashri yozmoqda.
Gazeta ma'lumotlariga ko‘ra, Avstriya hukumati Rossiya bosh prokuraturasining Gagiyevni ekstraditsiya qilish to‘g‘risidagi talabini qondirgan. Biroq, Jako samolyotga o‘tirishidan oldin uning advokatlari jinoiy olamda katta nufuzga ega bo‘lgan erkak Avstriya qamoqxonasida «aerofobiyaning kamdan kam uchraydigan shakli»ga chalinganini ma'lum qilishdi, hamda tegishli ma'lumotnomani taqdim etishgan.
Avstriya Adliya vazirligi va Interpol hujjatlarni o‘rganib chiqayotganida esa, Gagiyevning himoyachilari Vena Oliy yer sudidan ayblanuvchini topshirish bo‘yicha avval qabul qilingan barcha qarorlarni bekor qilishni talab etishgan.
Nashrga Rossiya Tergov qo‘mitasidagi manbaning aytishicha, mahkamadagilar Gagiyev dekabr oxiri – kelasi yilning yanvar oyi boshida baribir «Lefortovo» tergov izolyatoriga olib kelinishidan umid qilishmoqda.
«Bu yerda gap aerofobiyada emas! Shunchaki Jako Rossiyada uni umrbod qamoq jazosi kutayotganini yaxshi tushunib turibdi!» - deya ta'kidlab o‘tgan manba.
Mavzuga oid
23:00 / 13.07.2026
«Qo‘limga qurol olgandan ko‘ra, o‘rmonda o‘lishga tayyor edim» - 14 kunlik xavfli yo‘l
20:44 / 13.07.2026
Rossiya prezidentligi sayloviga qo‘yilmagan Boris Nadejdin Moskvada qo‘lga olindi
16:29 / 13.07.2026
Rossiya nefti nishonda: zarbalar natija beradimi?
10:03 / 11.07.2026