Jahon | 10:44 / 27.11.2017
6752
2 daqiqa o‘qiladi

Tojikistonda sudyaga bolta bilan hujum qilgan shaxs 15 yilga qamaldi

Foto: CA-News

Tojikistonning Panj tumani sudi raisiga bolta bilan hujum qilgan Dilovar Olimov 15 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Hukm kuni kecha chiqarildi va hozircha qonuniy kuchga kirmadi, deb xabar berdi Xatlon viloyat sudi raisi o‘rinbosari Temur Boyzoda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Dilovar Olimov Tojikiston Respublikasi JKning uch moddasi, jumladan odam o‘ldirishga suiqasd qilish bo‘yicha sudlandi.

Hodisa Panj tumani sudi binosida 31 avgust kuni kechqurun yuz bergan. Dilovar Olimov tuman sudi raisi Davlatmand Rahimzodaning xonasiga kirgan va unga bolta bilan hujum qilgan. Voqea oqibatida Rahimzoda jarohat oldi hamda shifoxonaga olib ketildi, uning xonasidagi barcha mebel esa yaroqsiz holatga kelgan.

Dilovar Olimov bir kundan so‘ng qo‘lga olindi. Viloyat prokuraturasidan xabar berishlaricha, ayblanuvchi o‘z qilmishiga iqror bo‘lgan, biroq sudyani o‘ldirish niyatida bo‘lmaganini aytgan. U sobiq turmush o‘rtog‘i bilan sudlashayotgan bo‘lgan.

Mavzuga oid