Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Saudiya Arabistonida korrupsiyada ayblangan shahzodalardan biri ozod etildi
Noyabr boshida korrupsiyada ayblanib hibsga olingan, Saudiya Arabistoni milliy gvardiyasining sobiq vaziri, shahzoda Mutayib bin Abdulloh bin Abdulaziz Ol Saud ozod etildi. Bu haqda o‘z manbalariga iqtibos keltirgan holda Al Araby Al Jadeed nashri ma'lum qildi.
Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, shahzoda Mutayib 28 noyabrda 3 hafta davomida moliyaviy firibgarliklar va xizmat lavozimi bilan bog‘liq jinoyatlarni sodir etishda ayblangan o‘nlab vazirlar va qirollik uyi a'zolari bilan hibsda ushlab turilgan, Ar-Riyoddagi Ritz Carlton mehmonxonasini tark etdi.
Biroq bu xususda Saudiya Arabistoni hukumatining rasmiy bayonoti berilmagan.
Tasdiqlanmagan ma'lumotlarga ko‘ra, 65 yoshli shahzodadan davlat mablag‘larini xarjlab yuborish, ishga joylashda firibgarlik qo‘llash va o‘z kompaniyalariga shartnomalarni ajratish bo‘yicha qo‘yilgan ayblovlar soqit qilingan.
Nashr Mutayib Saudiya Arabistoni rahbariyati tomondan taklif qilingan kelishuvga rozi bo‘lgan-bo‘lmaganini ma'lum qilmagan. Avvalroq valiahd shahzoda Muhammad bin Salmon The New York Times nashriga bergan intervyusida 200 nafar ayblanuvchidan 95 foizi kelishuvga rozi bo‘lib, o‘z aktivlarini davlatga topshirishganini ma'lum qilgan.
Shahzoda Mutayib qirollik asoschisi Abdulaziz ibn Abdurahmon Ol Saudning nabirasi, avvalgi qirol Abdulloh bin Abdulaziz Ol Saudning uchinchi o‘g‘li hisoblanadi. 1952 yilda tavallud topgan. Hibsga olinishidan avval milliy gvardiya vaziri bo‘lgan. Parijdagi qimmatbaho Crillon mehmonxonasi egasi hisoblanadi.
Mavzuga oid
07:09 / 02.06.2026
1,7 million ziyoratchi va aqlli boshqaruv. Haj-2026 yakunlari
08:37 / 29.05.2026
Jahon boylik xaritasi o‘zgarmoqda: yangi liderlar paydo bo‘lmoqda
08:52 / 27.05.2026
Saudiyadagi 1 kilometrlik osmono‘par binoda Xitoy texnologiyalari qo‘llanadi
08:43 / 23.05.2026