Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ogoh bo‘ling! Bir xonadonda 7 kishi, boshqasida esa 4 kishi gazdan zaharlanib halok bo‘ldi
Favqulodda vaziyatlar vazirligi podpolkovnigi Zulfiqor Qilichev 28 noyabr kuni "O‘ztransgaz"ning "Turmushda gazdan xavfsiz foydalanish" mavzuidagi seminarida respublikamiz hududida gazdan zaharlanish holatlariga doir ma'lumotlarni taqdim etdi. Unga ko‘ra, is gazidan eng ko‘p zaharlanish holatlari Andijon, Surxondaryo, Qashqadaryo, Jizzax, Samarqand, Buxoro, Farg‘ona va Namangan viloyatlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasiga to‘g‘ri kelmoqda.
Eng ko‘p favqulodda vaziyat Andijon viloyatida (4 ta) qayd etilgan bo‘lsa, eng ko‘p o‘lim holati (16 kishi) Qashqadaryo viloyatida sodir bo‘lgan. Jumladan, FVV vakili is gazidan zaharlanish bilan bog‘liq alohida holatlarga to‘xtalib o‘tdi.
Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumanida yashovchi fuqarolar tomonidan murikon va dudburondan xavfsiz foydalanish talablariga rioya qilmaganligi natijasida 7 kishi is gazidan zaharlanib vafot etgan.
Jizzax viloyatining G‘allaorol tumanida yashovchi fuqarolar tomonidan murikon va dudburondan xavfsiz foydalanish talablariga rioya qilmaganligi natijasida 4 kishi is gazidan zaharlanib vafot etgan.
Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida yashovchi fuqarolar tomonidan gaz jihozlaridan noto‘g‘ri, ya'ni texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilinmagani natijasida 2 kishi is gazidan zaharlanib vafot etgan.
Toshkent shahar Olmazor tumani “Quyoshcha” MFY guzarini qurishda ishtirok etayotgan 3 nafar Qoraqalpog‘iston Respublikasi fuqarosi ochiq olovdan xonani isitish maqsadida foydalanganligi oqibatida is gazidan zaharlanib vafot etgan.
Respublika miqyosida mazkur favqulodda vaziyatlarning oldini olish va profilaktikasini kuchaytirish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri tomonidan 2017 yil 24 oktabr kuni №01-05/1-1480-son bilan “Aholi o‘rtasida is gazidan zaharlanish hamda havo-gaz aralashmasining chaqnashi bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlarni kuchaytirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi” tasdiqlandi.
Mazkur dastur ijrosini ta'minlash yuzasidan bugungi kunga qadar joylarda idoralararo ishchi guruhlar tomonidan 5372 reyd o‘tkazildi. Shulardan: bozorlarda - 196 marotaba, qozonxonalar, g‘isht zavodlari, novvoyxonalar va boshqa korxona tashkilotlarda - 2120 marotaba, davolash va o‘quv muassasalarida esa - 2622 marta.
Tekshiruvlar natijalariga ko‘ra, 163 ta holatda 3 177 378 so‘mlik ma'muriy jarimalar solingan. 24 ta obektning faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan, 102 ta nostandart va “qo‘lbola” isitish moslamasi sotuvdan chiqarilgan, 4 ta obekt faoliyati batamom to‘xtatilgan, viloyat (shahar, tuman) hokimliklariga 44 ta taqdimnoma kiritilgan.
Kuz-qish mavsumida isitish moslamalaridan to‘g‘ri foydalanish qoidalarini targ‘ib etuvchi videoroliklar mahalliy va markaziy teleradiokompaniyalar orqali 181 marotaba efirga uzatildi, matbuotda 150 ta maqola chop etilib, 80 378 dan ziyod eslatma tayyorlandi va tarqatildi, radioefirga 1 873 marotaba shu mavzudagi radioeshtirish uzatildi. Aholiga mavzuga oid eslatma va bukletlar tarqatildi.
Mavzuga oid
08:58 / 20.06.2026
Chirchiqdagi kanalda hushsiz holatdagi fuqaro qutqarildi
09:40 / 18.06.2026
Katta Chimyon tog‘ida qidiruv-qutqaruv operatsiyasi o‘tkazildi
13:14 / 14.06.2026
O‘zbekistonning g‘arbiy hududlaridagi «chigirtkalar bosqini» yuzasidan izoh berildi
14:06 / 11.06.2026