12 iyul kuni soat 17:09 da Toşkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boş boşqarmasiga Böstonliq tumani hududidan oqib ötuvçi Çirçiq daryosining örtasidagi orolçada bir nafar fuqaro qolib ketgani va unga yordam zarurligi haqida xabar kelib tuşdi. Murojaatni fuqaroning şeriklari 112 qisqa raqami orqali yöllagan.

Xabardan söng FVV qutqaruvçilari maxsus texnika bilan zudlik bilan voqea joyiga yetib borib, fuqaroni orolçadan xavfsiz tarzda evakuatsiya qildi.

Dastlabki ma’lumotlarga köra, fuqaro Çirçiq daryosining örtasida joylaşgan orolçaga suzib ötgan. Biroq daryodagi kuçli oqim tufayli u sohilga mustaqil ravişda qayta olmagan.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi fuqarolarni dam oliş vaqtida xavfsizlik qoidalariga qat’iy amal qilişga, kuçli oqimli suv havzalariga tuşmaslikka va xavfli vaziyat yuzaga kelganda zudlik bilan 112 yagona qutqaruv xizmatiga murojaat qilişga çaqirdi.