Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bitkoin kursi bir kun ichida ming dollarga qimmatladi
Bitkoin kursi 10 ming dollarga yetgandan bor-yo‘g‘i bir kun o‘tib 11 ming dollardan oshdi. Mutaxassislar 2018 yil boshida bitkoin kursi 30-50 foizga pastlashi mumkinligidan ogohlantirishmoqda.
Shu tariqa, kriptovalyuta narxi bir kun ichida 10 foizga, ya'ni ming dollarga oshgan. 24 noyabrda bitkoinning narxi 8 ming dollar bo‘lgan. Bitkoin yil boshidan 11 martaga qimmatlagan, uning kapitallashuvi 182 mlrd dollardan oshgan.
Mutaxassislar bitkoin kursining jadal qimmatlashishini bozorga yangi pullar kelgani va bu kriptovalyutaga Chikagodagi birjada fyucherslar yo‘lga qo‘yilishi bilan bog‘lashmoqda.
“Bitkoin kursi oshishiga Koreya, Yaponiya va AQSh sarmoyachilarining qiziqishi sabab bo‘lmoqda. Ular aynan shu kunlar bitkoinni xarid qilishgan. Agar fyuchers, so‘ngra ETF joriy qilinsa, bitkoin kursi yanada balandroq bo‘ladi”, deb aytgan Exante onlayn-broker ijrochi direktori.
Mavzuga oid
22:40 / 08.04.2026
Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozidan o‘tish uchun kriptovalutada to‘lov talab qildi
00:08 / 09.02.2026
Bithumb kriptobirjasi xato tufayli mijozlarga 42 mlrd dollarlik bitkoinni o‘tkazib yubordi
16:33 / 29.12.2025
Eyforiyadan ommaviy sotuvlargacha. Bitcoin bilan nimalar bo‘lyapti?
22:49 / 24.11.2025