Janubiy Koreyaning Bithumb kriptobirjasi reklama aksiyasida iştirok etgan 249 nafar foydalanuvçiga xato tufayli 620 ming bitkoinni (hozirgi kurs böyiça 42,6 mlrd) ötkazib yubordi, deb xabar berdi Yonhap agentligi.
Xabarda aytilişiça, aksiya 6 fevral kuni mahalliy vaqt bilan 19:00da ötkazilgan. Kriptobirja 19:40da tranzaksiyalar va foydalanuvçilar hisobidan mablağ yeçişni töxtatib qöygan. Bithumb 618 212 bitkoinni darhol tiklaganini bildirdi.
«Biz bu holat taşqi ta’sir yoki xavfsizlikning buzilişi bilan boğliq emasligini bildiramiz», — deyiladi Bithumb bayonotida.
Yonhap agentligining yozişiça, bu holatga kriptobirja xodimining aksiya qatnaşçilariga beriladigan mukofotni Koreya voni emas BTC (bitkoin) tarzida yozişi sabab bölgan.
Janubiy Koreya moliyaviy nazorat xizmati uşbu holatni tekşirmoqda.








