Zamonaviy futbol yigirma yil oldingisidan keskin farq qiladi. Nafaqat öyinning umumiy körinişi yoki taktika va tezlik borasida, balki transferlarning körinişi, jamoalarning imiji borasida ham. Masalan, 20 yil oldin «galaktikos»lar bölmagan, aqldan ozdiruvçi transfer summalari ham.

Bu holat köpçilikni taşvişga solmoqda. Lekin endi keç, 1995 yilda körilgan «Bosman işi» ulkan kemani heç kimga noma'lum yönalişga qöyib yuborgan va uni tartibga soliş heç qanday qömondonning qölidan kelmaydi.

«Bosman işi» futbol sohasining ikkita asosiy qoidasiga zarba berdi va futbol rivojini umuman boşqa yönalişga burib yubordi: transfer tizimi va legionerlar limitiga.

Öşa voqeagaça futbol boşqaruvi ança mustaqil bölgan va alohida tarmoq sifatida boşqarilardi. FIFA yoki UYeFA kabi taşkilotlar futbol sohasini boşqarişar va ba'zida bu qoidalar aytaylik, Yevropa mehnat huquqi kabi kodekslarga mos kelmasligi ham mumkin bölib qolardi.

Jumladan, Bosmangaça futbolçi klubining ruxsatisiz boşqa jamoadan qönim topa olmasdi. Hatto şartnoma muddati tugagan taqdirda ham avtomatik ravişda erkin agentga aylanmas, klubining uni transfer qilişini kutişga majbur edi. Klub esa futbolçiga xohlagan narxni qöyar va uning ustidan töla huquqqa ega bölardi.

Şuningdek, barça davlatlarda legionerlar uçun limit belgilangan va 90-yillar boşlarida klublar faqatgina uç legionerni bir vaqtda maydonga tuşira olardi xolos. «Bosman işi»dan keyin esa har ikki holat Yevropa inson huquqlari qoidalariga mos emasligi tasdiqlandi. Bosman kim edi özi? Keling yaxşisi, öşa «Iş»ni eslaylik va bu bizga holatga baho berişimizda yordam beradi.

Jan-Mark Bosman 1964 yilda Belgiyada tuğilgan. Ösmirlik paytlarida mamlakat terma jamoasini sardori sifatida maydonga tuşgan bölsa-da, keyinçalik, faoliyati u qadar yorqin keçmagan. Xullas 1986 yilda «Standart» klubi uni «Lej»ga sotib yuboradi va futbolçi yangi klubi bilan tört yillik şartnomaga imzo çekadi.

1990 yilda şartnoma muddati tugaydi va moliyaviy tomondan tanazzulga uçrab borayotgan klub Bosmanga yangi şartnoma taklif qiladi. Yangi şartnomaga köra Bosman oldingisidan köra tört barobar kam maoş olişga rozi bölişi kerak edi. Tabiiyki, 25 yoşli futbolçi bunga rozi bölmaydi va klub tomonidan 11 743 000 frankka transferga qöyiladi.

Bosman özi uçun yaxşigina variant topadi va Fransiyaning ikkinçi divizioni vakili «Dyunkerk» klubi bilan kelişadi, ammo bunga «Lej» ham rozilik berişi kerak edi. «Lej» avvaliga 4.8 millionga futbolçini sotişga rozi böladi, hammasi hal bölgandek edi, faqatgina Belgiya klubi barça hujjatlarni Fransiya futbol federatsiyasiga taqdim etişi kerak edi xolos. Negadir «Lej» fikrini özgartiradi va örtamiyona klub tölay olmaydigan darajada katta transfer narxini talab qiladi. Bosman klubiga qaytişga rozi böladi va u «Lej» bilan yangi şartnomaga imzo çekişi yoki navbatdagi xaridorni kutib ötirişga majbur edi.