Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Deraza orqali kirib o‘g‘irlik sodir etgan shaxs qo‘lga olindi
Qibray tumanida yashovchi, nafaqaxo‘r, 1951 yilda tug‘ilgan Raisa Marinina (keltirilgan ism-familiyalar o‘zgartirilgan) ariza bilan murojaat qilib, o‘z arizasida noma'lum shaxs, deraza oynasi ochiqligidan foydalanib kirib, unga tegishli Qibray tumani hududida joylashgan bog‘dorchilik-uzumchilik shirkatidagi dala hovlisidan umumiy narxi taxminan bir million olti yuz ming so‘m bo‘lgan “Nokiya” rusumli uyali aloqa telefoni, tyuner, ayollar qo‘l soati va boshqa anjomlarini o‘g‘irlaganligini ma'lum qilgan.
Bu haqda Toshkent viloyati Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati xabar bermoqda.
Olib borilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida ushbu jinoyatni Toshkent shahrida yashovchi, voyaga yetmagan, 2001 yilda tug‘ilgan Rashid Dovurov sodir etganligi aniqlanib, ushlandi. Ushbu holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 2-qismi (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergovni IIB olib bormoqda.
Mavzuga oid
21:23 / 20.06.2026
Qibrayda avtomobilda qizlarga uyatsiz harakat qilgan yigitlar 5 sutkaga qamaldi
14:32 / 22.05.2026
Qibrayda katta miqdordagi noqonuniy dori vositalari ushlab qolindi
15:46 / 06.03.2026
Qibrayda taqiqlangan dori vositalari savdosiga chek qo‘yildi
12:05 / 07.01.2026