Jahon | 20:17 / 29.11.2017
4018
2 daqiqa o‘qiladi

Iroq Turkiyagacha yangi neft quvurini qurib ishga tushiradi

Foto: Anadolu

Iroq markaziy hukumati uzunligi 350 km bo‘lgan va sutkasiga bir million neft yetkazib berish quvvatiga ega Kirkuk - Jayxon yangi neft quvurini ishga tushirish haqida qaror qabul qildi. Bu haqda Iroq neft vazirligiga asoslanib, «Aanadolu» agentligi xabar qilmoqda.

Bunday qarorga kelinishiga sabab, Mo‘sul shahrining IShID terrorchilari tomonidan 2014 yilda egallangani va Kirkuk nefti Turkiyaning Jayxon bandargohiga yetkaziladigan quvur jangarilarning hujumiga duchor bo‘lib, uni ta'mirlashning imokni yo‘qligidadir.

Yangi neft quvuri yordamida Iroq markaziy hukumati 16 oktabrdagi harbiy operatsiya tufayli olingan Kirkukning neft konlari ustidan nazoratni saqlab qolishni rejalashtirmoqda.

Yangi neft quvuri qurilishi Iroqning Salohiddin viloyatidan boshlanadi. Uning yo‘nalishi Kirkuk va Mo‘sul hududidan o‘tadi, Duho‘k viloyatidagi Fishhabur tumanidan o‘tib, Turkiya hududiga kiradi.

Kirkuk hududida beshta neft koni — «Havana», «Boy Hasan», «Bobog‘urg‘ur», «Hebaziya», «Janbura» mavjud bo‘lib, ularning har birida quduq qazilgan.

16 oktabrgacha Arbil nazorati ostida bo‘lgan «Havana» va «Boy Hasan» konlaridan har kuni 300 ming barrel neft eksport qilingan.

Iroqning North Oil Company davlat neft kompaniyasi boshqa uch kondan kuniga o‘rtacha 150 ming barrel neft qazib olgan. Ya'ni ayni kunda Kirkukdagi barcha neft konlaridan kuniga 450 ming barrel neft olinadi.

Iroq neft vaziri Jabbor Luaybiy 17 oktabr kuni xorijiy investitsiyalar hisobiga ushbu konlardan neft qazib olishni sutkasiga 1 million barrelga yetkazilishini aytib o‘tgan edi.

Шуҳрат Шокиржонов
Tayyorlagan Шуҳрат Шокиржонов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid