Jahon | 19:50 / 29.11.2017
13594
2 daqiqa o‘qiladi

Qirg‘iziston bosh vaziri qo‘shni davlatlar bilan qanday ish olib borish kerakligi haqida so‘zladi

Foto: bulak.kg

“Biz qo‘shnilar bilan yangi formatda ish olib borishimiz kerak”, deb aytdi Qirg‘iziston bosh vaziri Sapar Isakov Jogorku Kenesh yig‘ilishida.

Yig‘ilishda deputat Torobay Zulpukarov Qirg‘izistonda qo‘shni davlatlar bilan hamkorlik doirasida suv masalalari qanday hal qilinishi rejalashtirilayotgani haqida so‘ragan. Uning fikricha, Qirg‘iziston suvga aniq narxni belgilab olishi kerak.      

“Bizning qo‘shnilar ta'mirlash va boshqa ishlarga o‘z ulushini qo‘shishi kerak. 2000-yillardan ular aytish mumkinki, bundan bosh tortganlar. Biz yangi formatda ish olib borishimiz kerak. Biroq bugun suv tovar deb ayta olmaymiz. Normativlarga asoslanish kerak. Avval shunday tizim amal qilgan: Qozog‘iston issiqlik elektr stansiyasiga ko‘mir olib kirgan, Qirg‘iziston esa suv bo‘yicha operatsiyalarni o‘tkazgan. Biroq ikki yildan beri bunday qilinmaydi. Fikrimcha, qanchadir vaqtdan keyin biz bu tamoyilga yana qaytamiz”, deb aytgan Sapar Isakov.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid