O‘zbekiston | 16:44 / 29.11.2017
11925
2 daqiqa o‘qiladi
Reklama

"O‘zstandart" agentligining Samarqand markazi xalqaro darajada e'tirof etildi

Foto: Samarqand sinov va sertifikatlashtirish markazi

“Samarqand sinov va sertifikatlashtirish markazi” davlat korxonasining avtotransport vositalarini sinash laboratoriyasi xalqaro darajada e'tirof etildi.

Ayni vaqtda mamlakatimiz bosib o‘tgan taraqqiyot yo‘lining chuqur tahlili, bugungi kunda jahon bozori kon'yunkturasi keskin o‘zgarib, globallashuv sharoitida raqobat tobora kuchayib borayotgani davlatimizni yanada barqaror va jadal sur'atlar bilan rivojlantirish uchun mutlaqo yangicha yondashuv hamda tamoyillarni ishlab chiqish va ro‘yobga chiqarishni taqozo etmoqda. 

Ushbu ustuvor yo‘nalishlardan kelib chiqqan holda, “O‘zstandart” agentligi “Samarqand sinov va sertifikatlashtirish markazi” davlat korxonasining avtotransport vositalarini sinash laboratoriyasi ISO/IEC 17025 standartiga muvofiq xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazildi.

2017 yil 23 noyabr kuni KZ.T.00.1969 - raqamli akkreditatsiya guvohnomasi Qozog‘iston Respublikasi milliy akkreditatsiya markazi tomonidan rasmiylashtirib berildi.

Foto: Samarqand sinov va sertifikatlashtirish markazi

Endilikda markazning avtotransport vositalarini sinash laboratoriyasi rasmiylashtirayotgan sinov bayonnomalarida ILAC–MRA belgisidan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Buning natijasida sinov bayonnomalarini bugungi kunda dunyoning 64 tadan ziyod davlatlarida tan olish imkoniyati vujudga keldi. 

Avtotransport vositalarini sinash laboratoriyasining akkreditatsiya doirasiga Birlashgan Millatlar tashkiloti Yevropa Iqtisodiy komissiyatsiyasining 76ta xalqaro qoidalari (Pravil YeEK OON) kiritilgan bo‘lib, ushbu qoidalar doirasida 139 dan ziyod sinov ko‘rsatkichlarini sinash imkoniyati mavjud.

Reklama huquqi asosida

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid