OAV: AQSh davlat kotibi Tillersonning iste'fosi hal qilib qo‘yildi
Oq uy AQSh ma'muriyatida xodimlarni o‘zgartirish rejasini tuzib qo‘ydi. Bu haqda o‘z manbalariga iqtibos keltirgan holda The New York Times nashri xabar bermoqda.
Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, AQShning amaldagi davlat kotibi Reks Tillerson o‘z lavozimini tark etadi. Uning o‘rnini MRB direktori Mayk Pompeo egallaydi. Pompeoning majburiyatlarini o‘z navbatida Arkanzas shtatidan demokrat senator Tom Kotton bajara boshlaydi.
Manba AQSh prezidenti Donald Tramp ushbu xodimlar o‘zgartirilishi bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilgani borasida aniqlik kiritmagan, biroq bu masala ma'muriyatning yuqori lavozimli vakillari bilan kelishib qo‘yilgan.
Ushbu o‘zgartirishlar yaqin haftalarda – yo Rojdestvo bayramlari oldidan, yoki ulardan keyinoq amalga oshirilishi mumkin.
26 noyabrda Hindistondagi tadbirkorlik bo‘yicha global sammitga boradigan AQSh delegatsiyasiga Trampning qizi Ivanka Tramp rahbar etib tayinlangani sabab Tillerson bu sammitga davlat departamentining yuqori lavozimli xodimlarini yubormaslikka qaror qilgani ma'lum qilingandi. CNN telekanalining ma'lumotlariga ko‘ra, Tillersonga Ivanka Tramp va uning turmush o‘rtog‘i Jared Kushnerning AQSh tashqi siyosatida borgan sari muhimroq rol o‘ynashga harakat qilayotganlari yoqmagan, chunki xalqaro munosabatlarga Tillerson javob beradi.
Mavzuga oid
11:58 / 12.11.2024
Mask, kichik Kennedi va Uayls: Trampning atrofidagilar kim va qaysilari yangi ma’muriyatda lavozim olishi mumkin?
13:51 / 15.11.2023
AQSh sobiq davlat kotibi Pompeo «Kiyevstar» boshqaruvida ish boshlaydi
22:50 / 12.01.2021
Pompeo Eronni "Al-Qoida" bilan hamkorlikda aybladi
23:56 / 16.12.2020