Rossiya FK O‘zbekiston bilan mehnat migrantlarini jalb etish to‘g‘risidagi bitimni ratifikatsiya qildi
Rossiya Federatsiya Kengashi Rossiya Federatsiyasi hukumati va O‘zbekiston hukumati o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini Rossiya hududida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun tashkiliy yollash va jalb etish to‘g‘risidagi kelishuvni ratifitsikatsiya qilishni ma'qulladi. Bunday qaror Rossiya parlamentining yuqori palatasi yig‘ilishi davomida qabul qilindi.
Avvalroq, o‘tgan haftada, kelishuv mamlakat parlamenti quyi palatasi a'zolari tomonidan ratifikatsiya qilingandi. Hujjatga muvofiq, O‘zbekistonning vakolatli idoralariga o‘z fuqarolariga Rossiya Federatsiyasida ishga joylashtirish bo‘yicha ma'lumot taqdim etish; rossiyalik ish beruvchilar uchun talab etiluvchi malaka va ish tajribasiga ega nomzodlarni tanlash; rossiyalik ish beruvchilar bilan nomzodlar va mehnat shartnomalari loyihalari matnlarini muvofiqlashtirish; nomzodlarni Rossiyadagi mehnat faoliyati joyiga yetib borishi va O‘zbekistonga qaytishini tashkillashtirish; O‘zbekiston fuqarolarini xalqaro yoki davlatlararo qidiruvda emasligini tekshirish, ularda O‘zbekiston hududida jinoyatlar uchun sudlanganlik mavjudligini aniqlash bo‘yicha majburiyatlar yuklanadi.
Shuningdek, qonun O‘zbekistondan fuqarolarning chiqib ketishiga qadar yuqumli kasalliklar yo‘qligi bo‘yicha tibbiy tekshiruvdan o‘tkazishni nazarda tutadi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu kelishuv Moskva shahrida 2017 yilning 5 aprel kuni imzolangandi.
Mavzuga oid
21:00 / 07.10.2024
Ramzon Qodirov migratsiya siyosatida «o‘rta asr yondashuvlaridan» voz kechishga chaqirdi
20:07 / 07.10.2024
Rossiyada sakkiz nafar general lavozimdan olindi - OAV
20:51 / 04.10.2024
Rossiya «Tolibon»ni terrorchilar ro‘yxatidan chiqarish bo‘yicha ishlarni yakunlamoqda - FXX rahbari
18:42 / 04.10.2024