Jamiyat | 20:14 / 01.12.2017
18359
2 daqiqa o‘qiladi

Aleksandr Maslyakov KVNdan ketdi

Foto: TASS

“Klub veselyx i naxodchivyx” (KVN) xalqaro ittifoqi prezidenti Aleksandr Maslyakov “MMTs Planeta KVN” davlat unitar korxonasi (DUK) direktori lavozimidan o‘z xohishiga ko‘ra iste'foga chiqqan. Bu haqda 1 dekabrda ittifoqning matbuot xizmatida ma'lum qilindi. 

“MMTs Planeta KVN” direktori lavozimidan ketish jarayoni Maslyakov tomonidan 2017 yil boshida uning mehnat faoliyatini federal qonunchilik talablariga mos keltirish zarurati bilan boshlangan. Biroq bir qator sharoitlar, jumladan ba'zi qog‘ozbozlik sababli bu jarayon birmuncha cho‘zilgan”, deb aytilgan xabarda.

Maslyakovning ushbu lavozimdan ketishi “qonunga muvofiq holda amalga oshirilgan”.

Avvalroq Transparency International tashkiloti Maslyakov "Moskovskiy molodejnyy sentr "Planeta KVN" direktori bo‘la turib, "Aleksandr Maslyakov i kompaniya" ("AMiK") televizion ijodiy birlashmasi ixtiyoriga “Gavana” kinoteatrini topshirgani haqida ma'lumotlarni chop etgan. Shu sababli Transparency International 2017 yil may oyida tekshiruv boshlab, prokuraturadan Maslyakovning faoliyatini tekshirishni so‘ragan. 2017 yil may oyida Moskva prokuraturasi kinoteatrning topshirilishi bo‘yicha bitim Moskva mol-mulki departamenti bilan kelishilgan bo‘lganini ma'lum qilgan. So‘ngra Transparency International Moskva prokuraturasining bu javobi bo‘yicha Rossiya bosh prokuraturasiga shikoyat qilgan va shundan keyin Moskva hukumati Maslyakovni “MMTs Planeta KVN” direktori lavozimidan bo‘shatgan.

“Prokuraturadan so‘rov tushganda u DUK direktori lavozimidan ketgan bo‘lgan. Shu ma'lumki, tekshiruv natijalariga ko‘ra, hech qanday javob choralari ko‘rilmagan. Shu tariqa, Transparency International’ning vajlari tasdiqlanmagan”, deb aytganlar Maslyakov vakillari.

Mavzuga oid