“Toşkent siti” KVN böyiça Özbekiston terma jamoasi Xalqaro KVN Ligasining çorak final iştirokçisiga aylandi. Rossiyaning Smolensk şahrida joriy yilning 13 may kuni bölib ötgan musobaqaning 1/8 finalida Özbekiston jamoasi birinçi örinni egalladi. Bellaşuv natijasiga köra, yurtdoşlarimiz 51 ball töplab Novokuznetsk, Ivanovo, Noyabrsk, Donetsk va Leningrad viloyatidan taşrif buyurgan jamoalardan özib ketişdi.

Ma'lumot örnida eslatib ötamiz Xalqaro KVN ligasida iştirok etiş huquqini jamoamiz 11-22 mart kunlari Soçi şahrida bölib ötgan 32-Xalqaro KVN festivali – «KiViN-2021»da qölga kiritişgan edi. Mazkur festival joriy yilda 15 dan ortiq mamlakatlardan 300 dan köproq jamoalar safida 2000 ga yaqin ijodkor yoşlarni özida jamladi. Festival natijalariga köra “Toşkent siti” jamoasi televizion ligalar uçun tanlangan bir qator eng yaxşi jamoalar qatoridan örin olgan edi.

Terma jamoamiz xalqaro maydonda “Toşkent siti” nomi bilan qatnaşib kelayotgani ham bejizga emas. Bu nom Özbekiston va uning poytaxti – Toşkent şahrini özida ask ettiradi. Uşbu yondaşuvning asosiy maqsadi mamlakatimizni dunyoga yanada taniştirgan holda yurtimizda turizmning rivojlanişiga hissa qöşiş hamda özbek hajviyasining sir-sinoatlari va özgaça uslublarini barçaga namoyiş etişdan iborat.

Jamoamizning muvaffaqiyatli iştirokining asosiy omillaridan biri AKFA Group tomonidan körsatilgan yordam böldi. Hozirgi kunda mazkur taşkilot jamoaning boş homiysi hisoblanadi.

Mamlakatimizda KVN rivojlanişi haqida söz borganda, Özbekiston Quvnoqlar va zukkolar assotsiatsiyasi haqida ham aytib ötiş joiz. Uşbu taşkilot Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev taşabbusi bilan 2020 yil mart oyida taşkil etilgan.

Hozirgi kunda Assotsiatsiya iyun oyida boşlanadigan “Quvnoqlar va zukkolar” körik-tanlovining 2021 yilgi mavsumiga tayyorlanmoqda. Birinçi – saralaş bosqiçi respublikamizning beşta şahri – Toşkent, Andijon, Qarşi, Samarqand va Nukusda festival formatida ötkaziladi. Festivalda mavsumda iştirok etiş uçun oldindan buyurtma bergan 95 ta jamoa quvnoqlik va zukkolik bobida bellaşadilar. Ular özbek tilida 6 daqiqa davom etadigan hazilomuz çiqişlarni namoyiş etadilar. Ta'kidlaş joiz, bu yilgi körik-tanlovda ikkita xalqaro jamoa – Qozoğistonning Turkiston terma jamoasi va Qirğizistonning Öş şahri terma jamoasi ham iştirok etişadi. Festival natijalariga köra hakamlar hay'ati şu yilning kuzida bölib ötadigan QVZ çorak finalida iştirok etiş uçun eng yaxşi 20 tadan 30 tagaça jamoalarni saralab oladilar. Yangi iste'dodlar “Toşkent siti” KVN böyiça Özbekiston terma jamoasiga jalb qilinişlari ham mumkin.