Tojikistonning Xöjand şahri sudi Tojikiston termasi KVN jamoasi rahbari Xayrullo Mirsaidovni qamoqda qoldirdi. 8 dekabr kuni Xayrullo Mirsaidovning 72 soatlik muddatga hibsga oliş töğrisidagi qaror öz kuçini yöqotdi va sud uni yana uzaytirişga qaror qildi.

Söğd viloyati prokuraturasining xabar berişiça, Tojikiston termasi KVNçilar jamoasi rahbariga nisbatan Tojikiston Respublikasi Jinoyat kodeksining törtta moddasi böyiça jinoiy iş qözğatilgan – “Özlaştiriş yoki talon-toroj etiş”, “Milliy irqiy, mahalliy yoki diniy nifoqni keltirib çiqariş”, “Hujjatlar, davlat mukofotlari, muhrlar, ştamplar, blankalarni soxtalaştiriş, tayyorlaş yoki sotiş” hamda “Yolğon guvohlik beriş”. U 10 yilgaça bölgan muddatga qamalişi mumkin.

Xayrulloning otasi Habibullo Mirsaidovning xabar berişiça, 5 dekabr kuni öğlini Söğd viloyati prokuraturasiga taklif qilişgan. Öşa kuniyoq u hibsga olindi. Ayni damda Xayrullo Xöjanddagi 1-tergov izolyatorida saqlanmoqda. “Himoyaçi unga bir neça marta ovqat va issiq kiyim olib borib berdi, bizning özimiz esa uni seşanba kunidan beri körmadik”, - deya aytib ötgan taniqli KVNçi va jurnalistning otasi.

Avvalroq Xayrullo Mirsaidov mahalliy hukumat bilan mojaroga borgani haqida aytib ötgandi, ular uni KVN jamoasi uçun ajratilgan byudjyet mablağlarini özlaştirişda ayblaşmoqda. "Men 8 noyabr kuni prezident Imomali Rahmon, boş prokuror Yusuf Rahmon va Söğd viloyati raisi Abdurahmon Qodiriyga murojaat etişga majbur böldim hamda ularni mahalliy amaldorlar aybi tufayli jamoa töqnaş kelgan muammolar haqida xabardor qildim", - deya xabar bergan u.

Mirsaidovning aytişiça, KVN jamoasi Moskvaga 10 noyabr kuni uçib ketişi lozim bölgan. “Safarga pullar Söğd viloyati rasmiylari tomonidan ajratilişi kerak edi, biroq biz bu mablağlarni baribir olmadik, sababi Söğd viloyatining Yoşlar işlari böyiça qömitasi rahbariyati “yordami bilan” prokuraturada bizning jamoa faoliyati tekşirila boşlandi, aynan esa – byudjyet mablağlaridan foydalaniş”, - deya aytib ötdi u.

Xayrullo Mirsaidovning iddao etişiça, avvalroq viloyatning Yoşlar işlari böyiça qömitasi xodimlari undan rasmiylar tomonidan KVN jamoasiga ajratilgan summadan 1000 AQŞ dollari miqdorida pora talab etişgan. Qömitadagilar bu ayblovni rad etib çiqişdi.