Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskva Eronning ShHTga qo‘shilishiga qarshi emas, biroq...
Moskva Eronning Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT)ga qo‘shilishi uchun hech qanday to‘siq ko‘rayotgani yo‘q. RIA "Novosti" Rossiya hukumat raisi Dmitriy Medvedev bergan bayonotga asoslanib, shu haqida xabar berdi.
"Darhaqiqat, Eron va Afg‘oniston tomondan shu mazmundagi arizalar kelib tushgan, bu mamlakatlar ShHTda anchadan beri kuzatuvchi sifatida qatnashib keladi. Eron arizasi haqida gapiradigan bo‘lsak, biz o‘z pozitsiyamizni ma'lum qildik: biz hozir Eronning tashkilotga qo‘shilishi uchun hech qanday to‘siq ko‘rmayapmiz", - dedi Medvedev ShHT mamlakatlari hukumatlari rahbarlari kengashi yakunlariga ko‘ra.
U ilgari Eronning yadroviy mavqei bilan bog‘liq xalqaro muammolarni tartibga solishga doir murakkab vaziyatlar bo‘lganini, hozirda bularning bari o‘tmishda qolganini qayd etib o‘tdi.
"Eslatib o‘tish joizki, Shanxay hamkorlik tashkilotiga yangi a'zolarning qo‘shilishiga doir barcha qarorlar konsensus tomonidan qabul qilinadi va bu mutlaqo normal holat. Aynan shuning uchun ShHTning yangi a'zolari - Hindiston va Pokiston - bu borada yetarlicha uzoq yo‘l bosib o‘tishdi", - deya ta'kidladi Medvedev.
"O‘ylashimcha, bunday muvofiqlashtirish, bu kabi jarayonlar Eronga nisbatan ham qo‘llanilishi kerak", - qo‘shimcha qildi bosh vazir.
Shanxay hamkorlik tashkilotiga Xitoy, Rossiya, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston, shuningdek 2017 yilning 9 iyunidan ShHTning teng huquqli a'zosiga aylangan Hindiston va Pokiston kiradi.
Mavzuga oid
15:42 / 24.01.2026
Tramp: AQSh harbiy kemalari Eron tomon yo‘l olmoqda
20:32 / 22.01.2026
Eron norozilik namoyishlarida 3 mingdan ortiq odam halok bo‘lganini rasman e’lon qildi
19:30 / 21.01.2026
FT: Eron hukumati namoyishlarni qo‘llagan kompaniyalar va tadbirkorlarning mulkini musodara qilmoqda
15:48 / 20.01.2026