Jahon | 19:20 / 01.12.2017
8789
2 daqiqa o‘qiladi

Shahzoda Harri va uning qaylig‘i Megan Markl to‘yi sanasi ma'lum qilindi

Foto: Getty Images

Buyuk Britaniya shahzodasi Harri va amerikalik aktrisa Megan Marklning nikoh to‘yi 2018 yil 26 may, shanba kuni o‘tadigan bo‘ldi. Bu haqda The Sun nashri xabar bermoqda

Avvalroq juftlikning nikoh to‘yi Vindzor qasridagi Avliyo Georgiy ibodatxonasida bo‘lib o‘tishi xaqida xabar berilgandi.

To‘y  Britaniyadagi bank ta'tillariga to‘g‘ri kelmoqda va shu sabab britaniyaliklar ushbu to‘yni 3 kun nishonlashlari mumkin bo‘ladi.

Nashrning ta'kidlashicha, to‘y o‘tadigan kun qirollik oilasining an'analariga zid kelmoqda: odatda qirollik oilasi a'zolarining nikoh to‘ylari ish kunlari o‘tgan.   

O‘tgan dushanba kuni Kensington saroyi shahzoda Harri va Meganning unashtirilganlarini ma'lum qilgandi.

To‘ydan keyin juftlik Kensington saroyidagi qarorgohlardan birida yashaydi.

Aktrisa 2011 yilda rejissyor Trevor Engelsonga turmushga chiqqan va u bilan 2013 yilda ajrashgan. Hozir Meganning yoshi 36 da, shahzoda Harri esa 33 yoshda. Juftlik 2016 yil iyulidan beri uchrashib keladi.

Mavzuga oid