Britaniya şahzodasi şahzoda Harri va uning rafiqasi Megan Markl amerikalik teleboşlovçi Opre Uinfriga ikki soatlik intervyu berişdi. Bu uşbu juftlik 2020 yil boşida qirollik oilasi vakolatlaridan voz keçib, Buyuk Britaniyadan avval Kanadaga, keyin AQŞga köçib ötganidan buyon ilk bor televideniye orqali köriniş berişidir. Intervyu Amerikaning CBS telekanalida translatsiya qilindi, avvalroq tarqalgan xabarlarga köra, namoyiş uçun 9 million dollar tölanişi közda tutilgan. Sasseks gersogi va gersoginyasining Opra Uinfri bilan suhbati hozirça internetga joylaştirilmadi, ammo köplab naşrlar televizion translatsiyaga tayanib materiallar tarqatişmoqda. Unga köra, Megan Britaniya qirollik xonadonida uning öğli Arçining terisi rangi qançalar qora bölişini muhokama qilişganini aytgan.

Dunyodagi eng qudratli oilani tark etgan juftlik

Sasseks gersogi va gersoginyasi bölgan şahzoda Harri va sobiq aktrisa Megan Markl bir oy avval Buyuk Britaniya qirollik oilasini tark etgandi. Juftlik bu qarorni aniq izohlamagan, lekin köpçilikning fikriça, şahzoda turmuş örtoğining irqi va u sobiq aktrisa bölgani haqida aslzodalar orasidagi kinoyalarga toqat qila olmagani uçun şunday qarorga kelgan. Qiroliça Yelizaveta ham nevara kelinini xuşlamasligi haqida gaplar yuradi.

Qirollik oilasi Harri va Marklning oila majburiyatlarini bajariş huquqidan voz keçganini qayğuli holat deb atagan, şu bilan birga, ular oila a'zolari bölib qolişini ma'lum qilgan. Monarx qiroliça rahbarligidagi Britaniya qirollik oilasi dunyodagi eng ta'siri katta sulola hisoblanadi. Amalda Britaniya boşqaruvi tepasida turuvçi oila dunyoning köplab mamlakatlarida katta ta'sirga ega. Şahzoda va Megan oilani tark etgaç, endilikda ular harbiy unvonini saqlab qolgan holda qirollik tasarrufidagi xayriya taşkilotlari va oliygohlarga homiylik qila olmaydi. Juftlik bu qarorni qabul qilgaç, Britaniya hududini ham tark etgan. Megan va şahzoda Harrining bir nafar farzandi bor, sobiq aktrisa ikkinçi farzandiga homilador.

AQŞning birinçi raqamli intervyu oluvçi jurnalisti ekani e'tirof etiladigan Opra Uinfrining navbatdagi şov-şuvli intervyusi yakşanba oqşomida CBS telekanalida efirga uzatildi. Suhbat davomida şahzoda Harri oila kutayotgan farzand qizaloq ekanini aytdi. Meganning sözlariga köra, öğli Arçiga homilador bölgan vaqti unga şahzoda unvoni berilmasligi va qirollik qöriqçilari tomonidan qöriqlanmasligini aytişgan. Uning fikriça, bu an'analarning buzilişi bölgan: «Ular bolam qornimda ekanidayoq u uçun an'analarni özgartirişlarini aytişdi. Bu ham mayli, tuğilajak farzandim xavfsizlikda bölmasligining özi dahşat edi. Oilaning birinçi oq tanli bölmagan vakili boşqa nabiralar kabi şahzoda unvonini olmasligini biliş juda yomon. Bolam hali tuğilmasdan turib u qançalik qora tanli bölişi haqida oçiqçasiga gaplaşişardi», degan Megan Markl.