Britaniya şahzodasi Harri va uning rafiqasi Megan Markl qizli bölişdi. Bu haqda Britaniya birinçi oilasi rasman e'lon qildi.
Xabarda aytilişiça, qizaloqqa Lilibet Diana deb ism qöyişgan. U 4 iyun juma kuni mahalliy vaqt bilan 11:40 da Kaliforniyadagi Santa-Barbara kasalxonasida dunyoga kelgan. Çaqaloq özini yaxşi his qilayotgani va allaqaçon ota-onasi bilan uyiga köçib ötgani aytildi.
Çaqaloqqa Lilibet Diana ismi buvisi va katta buvisi şarafiga qöyilgan. Britaniya qiroliçasi Yelizaveta II'ni qirollik oilasidagilar Lilibet deb ataşadi. Diana esa şahzoda Harrining vafot etgan onasi malika Diana şarafiga tanlangan ism. Lilibet Diana Britaniya qirollik oilasining 11-evarasi hisoblanadi. Çaqaloq tuğilişi bilan juftlikni Britaniya boş vaziri Boris Jonson tabrikladi.
Şahzoda Harri va sobiq aktrisa Megan Markl 2018 yil turmuş qurgan va ularning oilasida 2019 yil 6 may kuni birinçi farzand Arçi tuğilgandi. Juftlik 2020 yil aprel oyida qirollik oilasini tark etgan va bunga sabab sifatida oiladagi sodir bölayotgan kamsitişlarni keltirgandi. Harri va Meganning Opra Uinfriga bergan intervyusi Britaniyaning birinçi oilasi haqida turli xil miş-mişlarni paydo qilgandi.
Harri qirollik oilasini tark etgan bölsa-da, şahzoda unvonini saqlab qolgan. Bu unvon unga tuğilganidayoq berilgan.

















