Amazon borgani sari öz kölamini yanada kengaytirmoqda: uning korporatsiyasi befarq bölmagan butun bir bozorni yöq qiliş uçun Jyeff Bezos işorasining özi yetarli. Biroq uning dahosi Amazon bilan şafqatsiz öyin öynaşi mumkin, deb yozadi Quartz.
Fortune jurnalining 1999 yilgi arxivida biznes jurnalistikasining eng uzoqni köra biluvçi sarlavhalaridan biri mavjud: «Amazon vs Everubody» («Amazon barçaga qarşi»). Ta'kidlaş joizki, bu AQŞdagi sud işlari nomlarining muqobilidir.
Yigirma yil ötib, haqiqatda «barça»ning imkoni kam, deya kinoya qiladi Quartz. Morgan Stanley tahlilçilarining fikriça, 2018 yil oxiriga borib Amazon trillion dollarga baholanadi, uning bozor kapitalizatsiyasi esa, Walmart qiymati va JAR, Tailand hamda Avstriya kabi mamlakatlar YaIMdan ikki barobarga köpdir. Jyeff Bezos 100 milliard dollari bilan 129 mamlakatdan qimmat turadi.
Amazon öz ustuvor jihatlariga ega bölişiga qaramay, uning şiddatli ösişi faqat Bezosning falsafasi va mijozlarning odilligiga boğliq.
«Bizning maqsadimiz - dunyodagi eng mijozga yönaltirilgan kompaniya böliş, - degan Bezos. - Biz odamlar özlari uçun internetda xarid qilişni istagan barça narsalarni topişi mumkin bölgan joyni qurmoqçimiz».
Natijada jamoatçilik Amazon haqida sözsiz ijobiy fikrda böladi - bu bitimlar va yutilişi iste'molçilarda norozilik keltirib çiqarmaydigan yagona kompaniya. U heç kim nafratlanmaydigan "yovuzlik imperiyasi" kabi. Omma iliq qarşi oluvçi «Leviafan» kabi. Hatto yaqinda NY Times'da çop etilgan kompaniyadagi oğir mehnat şaroitlari bilan boğliq piar-mojaro ham uning nufuziga deyarli tasir körsatmadi.
Şunday tasavvur paydo bölyaptiki, sönggi vaqtda Bezosning xaridlari köproq Amazon rivojiga hissa qöşişdan köra köproq ğalaba qozoniş istagi bilan boğliq. Masalan, tayyor taom qadoğining tovar belgisini röyxatdan ötkaziş heç qanday tafsilotlarsiz şu sohaga ixtisoslaşgan Blue Apron aksiyalari narxini 19 foizga tuşirib yubordi. Biroq şundoq ham mukammal raqobat hukm surayotgan kiçik bozorning Amazon'ga nima keragi bor?
Amazon'ning bozordagi hukmronligi şu qadar kattaki, Bezosning biror kompaniya rahbari bilan tuşlik qilayotgani haqidagi birgina xabar ham uning aksiyalariga kuçli ta'sir körsatişi mumkin va bu biroz xavotirli.
Şunday bölsa-da, jamoatçilikning Amazon'ni ma'qullaş yoki ma'qullamasligiga oid ehtimoliy özgarişlar kompaniya körsatkiçlariga u qadar kuçli ta'sir körsatmaydi (biz Facebook'ga töliq işonmasak ham, undan foydalanişda davom etganimiz kabi). Biroq u boşqa yirik yirtqiçni - Google kabi AT-korporatsiyalar bilan kuraşda siyosiy oçko işlab oliş niyatidagi AQŞ hukumatini uyğotib yuborişi mumkin. Bundan taşqari, AT-kompaniyalarning kengayib borayotan hukmronligi - amerikalik siyosatçilar va Donald Trampni birlaştirişi mumkin bölgan yagona jihat.












