Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Isroil bosh vaziri Suriyaga berilgan zarbadan keyin bayonot berdi
Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Suriya hududiga berilgan zarbadan keyin bayonot bilan chiqdi. Uning ta'kidlashicha, Tel-Aviv Eron qo‘shinlariga Suriyada bo‘lishga ijozat bermaydi.
Netanyaxu Isroil rahbariyatining qolgan vakillari kabi arab OAVning Isroil Damashq chetidagi harbiy obektning bombardimon qilinishiga aloqadorligi haqidagi xabarga izoh bermadi.
“Biz yahudiy davlatini yo‘q qilish g‘oyalariga berilgan Eron tuzumi yadroviy qurol olishiga yo‘l qo‘ymaymiz. Biz bu tuzum kuchlari Suriyada o‘rnashib olishiga ijozat bermaymiz, u davlatimizni yo‘q qilish maqsadi bilan bunga intilayotgan ko‘rinadi”, deb aytgan Netanyaxu qisqa videomurojaatida.
2 dekabrda Suriyaning Al-Ikhbariya davlat telekanali Suriya havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlari Isroilning raketa zarbasini qaytarganini ma'lum qilgandi. Suriyadagi manba zarba Damashqdan janub tomonga berilganini tasdiqlagan.
Mavzuga oid
22:21 / 17.07.2026
Urush yana qaytalandi. Nega?
11:30 / 17.07.2026
16 ming dollarga Isroilga ishga yuborishni va’da qilgan shaxs ushlandi
10:10 / 15.07.2026
AQSh Iroq–Suriya neft quvurini qayta tiklashni rejalashtirmoqda
20:25 / 14.07.2026