Bloomberg agentligi manbalariga köra, AQŞ prezidentining Suriya va Iroq böyiça maxsus vakili Tomas Barrak Iroq va Suriya rasmiylari, şuningdek, qator energetika kompaniyalari, jumladan Chevron Corporation vakillari bilan muzokaralar ötkazgan. Unda uzoq yillardan buyon faoliyat yuritmayotgan neft quvurini qayta işga tuşiriş imkoniyatlari muhokama qilingan.

Naşr ma’lumotiga köra, tomonlar bir neçta yangi quvur yönalişlarini ham körib çiqmoqda. Biroq asosiy e’tibor Iroqning Kirkuk şahridan Suriyaning Baniyas portigaça olib boruvçi neft quvurini tiklaşga qaratilgan. Mazkur quvur 20 yildan ortiq vaqt davomida işlatilmagan.

AQŞ Davlat departamenti vakili Vaşington Amerika kompaniyalari uşbu infratuzilmaviy loyihada faol iştirok etişiga umid qilayotganini tasdiqlagan.

Şu bilan birga, AQŞ prezidenti Donald Tramp Oq uyda Iroq boş vaziri Ali az-Zeydini qabul qildi. Uçraşuvdan söng u yaqin kunlarda Iroq bilan yirik neft sohasiga oid yangi hamkorlik loyihalari e’lon qilinişini ma’lum qildi.

Bloomberg ta’kidlaşiça, sönggi haftalarda Yaqin Şarqdagi keskinlikning kuçayişi Hörmuz böğoziga muqobil transport yölaklarini yaratiş zaruratini yanada dolzarblaştirgan. Dunyo neft savdosining katta qismi aynan uşbu strategik böğoz orqali amalga oşiriladi.

Agentlik ma’lumotiga köra, sönggi haftalarda Chevron, TotalEnergies SE, Los-Anjyelesda joylaşgan TI Capital va Qatarning UCC Holding kompaniyalari Suriyani mintaqaviy neft eksport habi sifatida rivojlantiriş masalasini muhokama qilgan.

Biroq uşbu loyihani amalga oşiriş qator xavflar bilan boğliq. Ehtimoliy quvur yönalişlari Iroqning Anbar viloyati va Suriyaning şarqiy hududlaridan ötadi. Bu hududlarda hanuzgaça IŞID terroristik taşkiloti qoldiq guruhlari faolligi saqlanib qolmoqda.

Mutaxassislar fikriça, loyihaga sarmoya kiritiş Suriyaning yangi hukumati mamlakatdagi köp yillik fuqarolik uruşi ortidan xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlay olişiga boğliq böladi.

Avvalroq Donald Tramp Hörmuz böğozi ustidan nazoratni kuçaytiriş maqsadida dengiz blokadasi qayta tiklanganini ma’lum qilgan edi. Şu bilan birga, u 14 iyul kuni xalqaro dengiz yuklariga 20 foizlik yiğim joriy etiş rejasidan voz keçganini bildirib, uning örniga Fors körfazi davlatlari bilan savdo kelişuvlari orqali daromad olişga ustuvor ahamiyat qaratişini aytdi.