Sport | 08:30 / 03.12.2017
15150
4 daqiqa o‘qiladi

«PSJ» so‘nggi 7 oyda ilk marta yutqazdi, «Monako» omadsiz seriyasiga yakun yasadi

«Monako» Fransiya chempionatining 16-turida «Anjye» ustidan g‘alaba qozondi va qatorasiga 3 o‘yindan iborat g‘alabasiz seriyasini to‘xtatdi. Monakodagi «Lui II» stadionida kechgan uchrashuv maydon egalarining 1:0 hisobidagi minimal g‘alabasi bilan yakunlandi.

O‘yin boshidayoq Radamel Falkao hisobni ochdi, 2-daqiqada Jibril Sidibe uni golli pas bilan ta'minlagandi.

Bu turda turnir jadvali peshqadami «PSJ» kutilmaganda autsayder jamoa «Strasbur»ga 1:2 hisobida yutqazdi. Fransiya chempionati, Chempionlar ligasi va Fransiya Superkubogini qo‘shib hisoblasa, bu parijliklar uchun so‘nggi 7 oydagi ilk mag‘lubiyat bo‘ldi.

So‘nggi marta Unai Emeri shogirdlari 30 aprel kuni «Nitstsa»ga (1:3) yutqazgan edi. Mag‘lubiyatga qaramay, «PSJ» chempionatda ishonchli tarzda peshqadamlik qilmoqda (41 ochko). Ikkinchi o‘rinda «Monako» (32), uchinchi va to‘rtinchi o‘rinda hali 16-tur uchrashuvlarini o‘tkazmagan «Marsel» (31) hamda «Lion» (29).

16-turning qolgan uchrashuvlarida «Nitstsa» «Metts» ustidan g‘alabaga erishdi (3:1), «Amen» «Renn»ga yutqazdi (0:2), «Gengam» «Trua»ni yengdi (1:0), «Lill» «Tuluza»dan ustun keldi (1:0).

Fransiya chempionati
16-tur

Monako – Anjyer 1:0 (1:0, 0:0)
Gol: 1:0 – 2 Falkao.
Monako – Subashich, Sidibe (Ture, 63), Glik, Jyemerson, Kongolo, Ndoram, Fabino, Keyta, Moutinyu, Diakabi (Lopesh, 72), Falkao (Karrilo, 88).
Anjyer – Letele, Manko, Traore, Toma, Andre, Taxrat, Krivelli, Ketkeofomfon (Pyuyo, 66), Mangani (Kapel, 80), Siss (Fyuljyeni, 46), Toko-Ekambi.
Ogohlantirishlar: Mangani (47), Ndoram (49), Krivelli (57), Fyuljyeni (84), Moutinyu (87), Subashich (90).

Strasbur – PSJ 2:1 (1:1, 1:0)
Gollar: 1:0 – 13 Da Koshta, 1:1 – 42 Mbappe, 2:1 – 65 Baoken.
Strasbur – Kamara (Ukidja, 72), Lala, Mangan, Kone, Seka, Da Koshta (Grimm, 86), Marten, Axolu, Lienar, Tere, Baoken (Saadi, 82).
PSJ – Areolya, Dani Alves, Markinos, Kimpembe, Berchiche, Pastore (Lo Chelso, 81), Rabo, Draksler (Verratti, 80), Di Mariya (Kavani, 75), Mbappe, Neymar.
Ogohlantirishlar: Berchiche (44), Da Koshta (50), Saadi (90), Lienar (90), Neymar (90), Marten (90), Kimpembe (90).

Nitstsa – Metts 3:1 (1:1, 2:0)
Gollar: 1:0 – 26 Plea, 1:1 – 29 Ru, 2:1 – 56 Balotelli, 3:1 – 71 Sent-Maksimen.
Nitstsa – Benites, Suke, Marlon, Le Marshan, Jalle, Sent-Maksimen (Srarfi, 76), Seri (Kozello, 89), Tamez, Le-Melu, Balotelli, Plea.
Metts –    Kavasima, Baliu (Poblete, 40), Rivere, Nyaxate, Assu-Ekotto, Dossevi (Ngette, 67), Koad, Diane, Filipps, Nyan (River, 80), Ru.
Ogohlantirishlar: Baliu (38), Ngette (76).

Renn – Amen 2:0 (0:0, 2:0)
Gollar: 1:0 – 72 Xazri, 2:0 – 84 Andre.
Renn – Koubek, Traore, Jyelen, Mesher, Zeffan, Lea Siliki, Andre, Burigo, Gurkyuff (Lyamas, 64), Yunu (Nyanon, 84), Xazri (Mauassa, 75).
Amen – Gyurtner, Sissoko, Guano, Adenon, Avelar, Zungu, Monkondyui (Traore, 77), Kornett (Manzala, 13), Kakuta (Ngosso, 70), Gakpe, Konate.
Ogohlantirishlar: Monkondyui (27), Zungu (41), Sissoko (50), Manzala (52), Avelar (56), Lea Siliki (59).

Trua – Gengam 0:1 (0:1, 0:0)
Gol: 0:1 – 22 Brian.
Trua – Samassa, Deplan, Jirodon, Erey, Traore, Bellyugu, Gransir (Pele, 68), Kaui, Nive (Nyan, 79), Darbon (Azamum, 46), Xen Chjun Suk.
Gengam – Yunsson, Martinsh Pereyra, Kerbra, Sorbon, Reboshu, Firi, Do, Salibur (Kamara, 86; Tabanu, 90), Blas, Brian, Tyuram (Eboa-Eboa, 89).
Ogohlantirishlar: Erey (44), Blas (56), Traore (90).
Chetlatish: Bellyugu (45), Blas (62).

Lill – Tuluza 1:0 (0:0, 1:0)
Gol: 1:0 – 63 Pepe.
Lill – Menyan, Ie, Sumaoro, Alonso, Ballo, Tiago Mendes, Amadu, Tiago Mayya, Pepe (Malkyui, 82), Ponse, Benziya (Baluli, 75).
Tuluza – Lafon, Yago, Diop, Jyulen, Mishlen (Gradel, 25), Blen, Imbula, Jan (Durmaz, 68), Buagar (Sanogo, 77), Silla, Delor.
Ogohlantirishlar: Sumaoro (45), Buagar (49), Blen (61), Yago (71), Baluli (81).

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid