Fan-texnika | 23:28 / 04.12.2017
3961
2 daqiqa o‘qiladi

Google o‘z obektlarini to‘liq tiklanuvchi energiyaga o‘tkazdi

Foto: Christian Hartmann/Reuters

Google kompaniyasi o‘z korxonalarini to‘liq tiklanuvchi energiyaga o‘tkazdi. Bu haqda kompaniyaning tvitterdagi sahifasida ma'lum qilindi. 

Ta'kidlanishicha, kompaniya korxonalari tomondan iste'mol qilinuvchi umumiy energiya 3 gigavattni tashkil qiladi. 

Tiklanuvchi energiya tugallanmaydigan manbalardan olinadigan energiya hisoblanadi. Bunda energiyani tabiiy zaxiralardan, misol uchun quyosh nuri, suv yoki shamol oqimlaridan olish mumkin. 

Google bunday energiyani qo‘llashni 8 yil avval boshlagan. O‘shanda kompaniya Ayovadagi quyosh fermasi bilan 114 MVt energiya uchun kelishuv imzolagan. Kompaniya ma'lumotlariga ko‘ra, elektr energiya narxi bu yillar davomida arzonlashgan va kompaniya shu tufayli barcha obektlarini tiklanuvchi energiyaga o‘tkazishga qaror qilgan.  

Yaqinda kompaniya uchta shamol stansiyasi bilan energiya yetkazib berilishi bo‘yicha shartnomalar imzoladi. Kompaniyaning sof energetika sohasiga investitsiyalari miqdori 3,5 mlrd dollarga yetgan.

Biroq Google sof energiyadan foydalanuvchi yagona kompaniya emas. Misol uchun, Amazon’da Texas shtatida o‘rnatilgan 100 tadan ko‘proq shamol turbinasi mavjud.

 

Mavzuga oid