Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pentagon harbiylar orasidan josuslarni aniqlashning yangi usulini qo‘llaydi
Foto: Flickr
AQSh harbiy-havo kuchlari amerikalik harbiy xizmatchilar orasidan josuslarni qidirib topishda yordam ko‘rsatish uchun psixologlarni yollash niyatida.
Kutilishicha, yangi xodimlar AQSh harbiy-havo kuchlarining Maxsus surishtiruvlar boshqarmasiga biriktiriladi, ularning asosiy vazifasiga ega mahkama tezkor xodimlariga yordam ko‘rsatish aylanadi.
«AQSh harbiy-havo kuchlarining Maxsus surishtiruvlar boshqarmasi vazifalari orasida AQSh harbiy-havo kuchlari va AQSh Mudofaa vazirligining butun dunyo bo‘ylab shaxsiy tarkibi, mulki va faoliyati xavfsizligini ta'minlash bo‘yicha professional surishtiruv faoliyati ham bo‘ladi», - deyiladi hujjatda.
Ta'kidlanishicha, psixologlar insonning xatti-harakati mavzusi bo‘yicha ekspertlik maslahatlarini berib boradi. Mutaxassislarning faoliyati «jinoiy elementlar, xorijiy maxsus xizmatlar va terrorchilik tashkilotlari tomonidan keluvchi tahdidlarni aniqlash hamda yo‘q qilish» imkoniyatini oshirishga qaratilgan.
Maslahatlarni xodimlarning tezkor va surishtiruv faoliyati bilan bog‘lash mo‘ljallanmoqda, barcha surishtiruvlarga maxfiylik maqomi beriladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh prezidenti Donald Trampning ma'muriyati yaqin vaqt ichida mamlakat milliy xavfsizligi strategiyasini taqdim etishi xabar berilgandi. Ma'lumotlarga ko‘ra, hujjat matnida amaldagi ma'muriyatning mamlakat milliy xavfsizligini ta'minlash, iqtisodiy rivojlanish va xalqaro terrorizm bilan kurash sohasidagi rejalari aks ettiriladi.
Mavzuga oid
23:05 / 19.02.2026
Tramp «Tinchlik kengashi» yordamida BMT rolini kuchaytirish rejalarini e’lon qildi
22:36 / 19.02.2026
Qozog‘iston va yana to‘rt davlat G‘azodagi xavfsizlik kuchlariga qo‘shin yuboradi
22:15 / 19.02.2026
O‘zbekiston G‘azoda uy-joy binolari, bolalar bog‘chasi, maktab va shifoxonalar qurishga tayyor – Shavkat Mirziyoyev
18:49 / 19.02.2026