Jahon | 09:26 / 04.12.2017
4341
1 daqiqa o‘qiladi

Tramp ma'muriyati milliy xavfsizlik strategiyasini taqdim etadi

Foto: Reuters

AQSh prezidenti Donald Trampning ma'muriyati yaqin vaqt ichida mamlakat milliy xavfsizligi strategiyasini taqdim etadi. Bu haqda The Wall Street Journal xabar bermoqda.

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, hujjat matnida amaldagi ma'muriyatning mamlakat milliy xavfsizligini ta'minlash, iqtisodiy rivojlanish va xalqaro terrorizm bilan kurash sohasidagi rejalari aks ettiriladi.

Ta'kidlanishicha, shuningdek strategiyada global chaqiriqlarga qarshi turish sohasidagi yangi uslublar belgilab qo‘yiladi.

Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp o‘zi hokimiyat tepasida bo‘lib turgan o‘n oy davomida Qo‘shma Shtatlar qanday muvaffaqiyatlarga erishganini aytib o‘tgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid