Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijonda o‘quvchilar turar joyini namunali tashkil etish bo‘yicha anjuman bo‘lib o‘tdi
O‘quvchilar turar joyining barcha shart-sharoitlarga ega bo‘lishi ta'lim sifatiga ijobiy ta'sir o‘tkazadi.
Kuni kecha Andijon turizm va xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kollejida bo‘lib o‘tgan “Ta'lim muassasalarida o‘quvchilar turar joyini namunali tashkil etish” mavzusidagi anjuman aynan shu masalaga qaratildi.
Mazkur tadbirda viloyat kasb-hunar ta'limi boshqarmasi tasarrufidagi muassasalarning direktorlari, ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlar, yotoqxona tarbiyachisi hamda yotoqxona nazoratchilari ishtirok etdilar. Unda o‘quvchilarning darsdan so‘ng bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, o‘quvchilar turar joyida ma'naviy-marifiy va tarbiyaviy ishlarni amalga oshirish masalalariga alohida e'tibor qaratish borasida fikrlar almashinildi.


O‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazi Idoraviy metrologik xizmati rahbari O‘. Xidirov anjumanda ishtirok etib, ta'lim muassasalari o‘quvchilar turar joyida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan targ‘ibot tadbirlari, o‘quvchilarga yaratilgan sharoitlar hamda yuritiladigan me'yoriy hujjatlar bo‘yicha ham amaliy tavsiyalar berdi.


KUN.UZ muxbiri Elmurod Ermatov, Andijon
Mavzuga oid
10:44 / 07.07.2026
Buvi va nabiraning fojiali o‘limi: Andijondagi YTH qasddan odam o‘ldirish deya malakalanishi kerak
10:20 / 03.07.2026
Andijonda davlat zaxirasidagi yerni 160 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan fuqaro ushlandi
10:00 / 01.07.2026
Andijonda do‘ppisi ichiga 35 ming dollar yashirgan yo‘lovchi ushlandi
16:27 / 26.06.2026