Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Belgiya prokuraturasi Puchdemonning ekstraditsiyasi bo‘yicha ishni yopdi
Belgiya prokuraturasi 5 dekabrda Kataloniyaning sobiq yetakchisi Karles Puchdemonning Ispaniyaga ekstraditsiyasi bo‘yicha ishni yopdi. Bu haqda Bryussel prokuraturasiga iqtibos keltirgan holda AFP ma'lum qildi.
Avvalroq, 5 dekabrda Ispaniya oliy sudi Puchdemon va Kataloniya hukumatining 4 nafar sobiq a'zosining hibsga olinishiga xalqaro orderni qaytarib olgani ma'lum bo‘lgan.
Shu munosabat bilan Belgiya sudi Puchdemon va uning safdoshlarining Ispaniyaga topshirilishi o‘z dolzarbligini yo‘qotganligi qayd qilinadigan yangi yig‘ilish o‘tkazadi. Ushbu sud yig‘ilishi sanasi hali belgilanmagan.
Ispaniya oliy sudining qarori sud saytida joylashtirilgan. Puchdemonning hibsga olinishiga order u Bryusselda bo‘lganda Madriddagi milliy sud hay'atiga kelmagandan keyin 3 noyabrda berilgandi.
Mavzuga oid
18:49 / 08.07.2026
Tramp NATOda: Ispaniya bilan savdoni uzish va Grenlandiyani egallash da’vosi
19:38 / 22.06.2026
Yamal gol urdi va sajda qildi, Portugaliyada «Dallas seriali boshlandi»
20:20 / 21.06.2026
Interpol o‘ta yirik miqdordagi firibgarlik uchun qidiruvda bo‘lgan shaxslarni O‘zbekistonga ekstraditsiya qildi
15:15 / 16.06.2026