Jamiyat | 19:40 / 05.12.2017
5689
2 daqiqa o‘qiladi

Farg‘ona vodiysi tadbirkorlari Prezident vakili - biznes ombudsman bilan uchrashishdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub'yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil — biznes ombudsman 28 noyabrdan 2 dekabr kuniga qadar Farg‘ona, Andijon, Namangan viloyatlarining barcha tuman va shaharlaridagi tadbirkorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

Uchrashuvlarda tadbirkorlik sub'yektlari bilan bir qatorda viloyat hokimligi, prokuraturasi, adliya boshqarmasi va boshqa davlat boshqaruvi va nazorat qiluvchi idoralar xodimlari ishtirok etdi.

Uchrashuvlar ochiq muloqot tarzida o‘tkazilib, unda ishtirok etuvchi tadbirkorlar o‘z muammolari va faoliyatlarini yanada rivojlantirish uchun zarur yordamlar yuzasidan Tadbirkorlik sub'yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakilga to‘g‘ridan to‘g‘ri murojaat etish imkoniyati yaratib berildi.

Tadbirkorlardagi mavjud muammolarni joyida hal etish yuzasidan choralar ko‘rildi, ayrim masalalar yuzasidan tegishli davlat organlari rahbarlariga ko‘rsatma va topshiriqlar berib, ularni alohida nazoratga oldi.

Shuningdek, hududlarda Adliya boshqarmalari bilan hamkorlikda aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish, ro‘yxatdan o‘tishda yanada qulayliklar yaratish maqsadida joylarda sayyor ro‘yxatdan o‘tkazish ishlari tashkil etildi.

Mavzuga oid