Xitoyda tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar tashabbusi - foto
Xitoyning Hangjou shahrida joylashgan nufuzli ilm-fan, texnologiya universitetida tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar xalqaro madaniy ko‘rgazmada ishtirok etib, o‘zbek millatining milliyligi va madaniyati naqadar boy ekanligini ko‘rsatib berishdi. Bu haqda ushbu universitetda ta'lim olayotgan Abdug‘ofur Temirov Facebook sahifasida xabar qoldirdi.
— Joriy yilning avgust oyida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi xalqaro hamkorlik masalasida ilk safarini XXRdan boshlab, biz yoshlar bilan yuzma-yuz uchrashib, Xitoyda ham ittifoqning boshlang‘ich tashkiloti ochilgan edi, — deydi A.Temirov. — Biz yoshlar ham bu e'tibordan ruhlangan holda, xalqaro ilm-fan sirlarini o‘rganib Vatanimiz ravnaqiga hissa qo‘shishni maqsad qildik. Qolaversa, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi Qahramon Quronboyevga XXRda tahsil olayotgan o‘zbekistonlik yoshlar har yili respublikamizning mustaqillik kunini nishonlash tadbirini ko‘tarinki ruhda o‘tkazishimizni aytib, u kishini ham 2018 yil 1 sentabrda XXRda o‘tkaziladigan mustaqillik bayramimizga taklif qildik.
Ushbu Xalqaro madaniy ko‘rgazmada 50 dan ortiq davlatdan kelib XXRda tahsil olayotgan talabalar o‘z millatining milliyligi va madaniyatini namoyish etdi. O‘zbekiston Respublikasidan borib tahsil olayotgan talabalarning milliy va zamonaviy chiqishlari, milliy o‘yinlari, milliy taom va kiyimlari barcha davlat vakillarini lol qoldirdi.
Ahror Sodiqov tayyorladi
Mavzuga oid
21:10 / 09.01.2021
Yangi tartib bo‘yicha talabalar qancha miqdorda stipendiya oladi?
10:59 / 22.12.2020
Bosh vazir ruxsati bilan yana gidroksixloroxin olinmoqda. Talabalar bu shubhali dorini qabul qilishga majburmi?
17:46 / 21.12.2020
Jizzax pedinstitutning tarix fakulteti shahardan tashqariga ko‘chirildi: bundan talabalar biroz norozi
16:32 / 18.12.2020