Sport | 08:55 / 05.12.2017
6763
2 daqiqa o‘qiladi

Ispaniya tarixidagi eng yaxshi sportchi uchun mukofot topshirildi

Foto: gazeta.ru

Ispaniyalik tennischi, dunyoning birinchi raketkasi Rafael Nadal AS gazetasining Ispaniya tarixidagi eng yaxshi sportchi uchun mukofotini qo‘lga kiritdi, deb xabar bermoqda TASS.

4 dekabr kuni Madrid meriyasidagi tantanali kecha vaqtida Ispaniyaning eng yaxshi sportchilari taqdirlandi. Tadbir nashrning 50 yilligiga bag‘ishlandi. Laureatlarga esa mukofotlarni nashr rahbariyati va Ispaniya qiroli Filipp VI topshirdi.

«Men bunday sovrinni qo‘lga kiritganimdan juda faxrlanaman, shunday baho berishganidan minnatdorman, biroq, men o‘zim haqimda bunday iboralar bilan gapirishni unchalik yoqtirmayman. Tennisda juda ko‘p narsaga erishganim rost, ammo sportning boshqa turlarida ko‘plab buyuk ispaniyaliklar bor, ular juda ko‘p jihatlarda yangilik yarata olishgan», - deya aytib o‘tdi Nadal.

Katta dubulg‘a turkumidagi musobaqalarning 16 karra g‘olibidan tashqari, 27 yoshli suzish ustasi Mireya Belmonte Garsiya (Rio-de-Janeyrodagi Olimpiada o‘yinlari g‘olibasi – batterflyayda 200 metr) va jahonning 8 karra chempioni, va sobiq yengil atletikachi Sebastyan Kou (hozirda Xalqaro yengil atletika federatsiyalari assotsiatsiyasiga rahbarlik qilmoqda) ham mukofot bilan taqdirlandi.

Mavzuga oid