Qozog‘istonda Xitoydan qaytayotgan ayollar sovuqda 10 soat avtobusni itarishlariga to‘g‘ri keldi
Qozog‘istonda Xitoydan Qarag‘andaga qaytayotgan bir guruh ayollar yo‘l-patrul politsiyasini uchratmagunlarigacha cho‘l hududidagi qor bilan qoplangan trassa bo‘ylab o‘zlari ketayotgan avtobusni 10 soat itarishlariga to‘g‘ri keldi.
Qarag‘anda viloyati politsiya xizmati Facebook’dagi sahifasida ma'lum qilishicha, 3 dekarbda respublika miqyosidagi “Olmaota-Yekaterinburg” trassasining 760 kilometrida yo‘l-transport politsiyasining ikki xodimi atrofida ayollar va haydovchi kuyib-pishayotgan avtobusni payqashgan. Aniqlanishicha, avtobusning dizel yoqilg‘isi sovuq tufayli muzlab qolgan.
Ma'lum bo‘lishicha, avtobusda Xitoydan shop-turdan qaytayotgan 28 ayol bo‘lgan. Ayollar 10 soatdan ko‘proq sovuqda avtobusni itarishlariga to‘g‘ri kelgan. Bu hodisaning yana bir ayanchli tomoni shuki, ayollarning yonlaridan avtomobillarda o‘tib ketayotgan odamlardan yordam so‘rashlari javobsiz qolgan.
“Biz yo‘lda ketayotgan avtomobillarni to‘xtatib, ayollarni uylariga jo‘natishni boshladik. Avtobusni olib ketish uchun yuk mashinalarini to‘xtatdik. Ayollardan bir qismi Aqshataudagi isinish punktiga jo‘natildilar”, deb eslamoqda voqeani yo‘l-patrul politsiyasi xodimlaridan biri.
Mavzuga oid
12:47 / 22.11.2024
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obektlari xavfsizligini kuchaytirdi
12:33 / 21.11.2024
Qozog‘iston holdingi O‘zbekistondan 169 nafar mutaxassisni ish bilan ta’minlaydi
16:29 / 19.11.2024
Qozog‘istonda magistral yo‘lda o‘rtacha tezlikni oshirganlar jarimaga tortiladi
20:59 / 18.11.2024