10:05 / 05.12.2017
7955

Liverpul derbisi. Angliya Kubogining uchinchi bosqichiga qur'a tashlandi

Angliya Kubogining 3-bosqichiga qur'a tashlandi. Asosiy turning dastlabki bosqichidayoq bir qator qiziqarli qarama-qarshiliklar kuzatiladigan bo‘ldi.

Turnirning bu bosqichida muxlislar «Liverpul» va «Everton» qarama-qarshiligiga guvoh bo‘lishlari mumkin. Shuningdek chempionat peshqadami «Manchester Siti» o‘z uyida «Byornli»ni qabul qilsa, «Manchester Yunayted» nisbatan osonroq raqib tushdi — chempionship vakili «Derbi Kaunti». Amaldagi kubok sohibi «Arsenal» esa kubokni «Nottingem Forrest» uyiga safar uyushtirish bilan boshlaydi. «Norvich» esa «Chelsi»ni qabul qiladi. «Tottenhem» «Uimbldon»ni «Uemblida» sinovdan o‘tkazadi.

Qur'a natijalariga ko‘ra qolgan juftliklar quyidagicha ko‘rinish olgan

Angliya kubogi, 3-raund
(1/32 final)

«Liverpul» — «Everton»,
«Manchester Siti» — «Byornli»,
«Norvich Siti» — «Chelsi»,
«Manchester Yunayted» — «Derbi Kaunti»,
«Tottenhem» — AFK «Uimbldon»,
«Nottingem Forest» — «Arsenal»,
«Brayton» — «Kristal Pelas»,
«Uotford» — «Bristol Siti»,
«Fulhem» — «Sauthempton»,
«Nyukasl Yunayted» — «Luton Taun»,
«Vulverhempton» — «Suonsi»,
«Bolton» — «Haddersfild Taun»,
«Bornmut» — «Fild» yoki «Uigan»,
«Blekbern» yoki «Kryu Aleksandra» — «Hall Siti»,
«Flitvud Taun» yoki «Hereford» — «Lester»,
«Forest Grin Rovers» yoki «Ekseter Siti» — «Vest Bromvich»,
«Shrusberi Taun» — «Vest Hem»,
«Koventri Siti» — «Stok Siti»,
«Midlsbro» — «Sanderlend»,
«Milluoll» — «Barnsli»,
«Stivenij» — «Reding»,
«Birmingem Siti» — «Byorton Albion»,
«Gillingem» yoki «Karlayl Yunayted» — «Sheffild Uensdey»,
«Uikom Uonderers» — «Preston Nort End»,
«Kardiff Siti» — «Mensfild Taun»,
«Donkaster Rovers» — «Slau Taun» yoki «Rochdeyl»,
«Kuinz Park Reyndjers» — «MK Dons»,
«Brentford» — «Notts Kaunti»,
«Port Veyl» yoki «Yovil Taun» — «Bredford Siti»,
«Nyuport Kaunti» — «Lids Yunayted»,
«Aston Villa» — «Uoking» yoki «Piterboro Yunayted»,
«Ipsvich» — «Sheffild Yunayted».

O‘yinlar 2018 yilning 6 va 7 yanvar kunlarida bo‘lib o‘tadi.

Top