Pensioner ayolning 20 mln so‘mlik tilla taqinchoqlarini o‘margan nabirasi ushlandi
2017 yil 19 noyabr kuni Buxoro shahar IIBga, Fitrat ko‘chasi 24-uyda yashovchi, 1943 yilda tug‘ilgan nafaqadagi M.S. ariza orqali murojaat qilib, noma'lum shaxs uning uyiga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, ushbu uyning yotoqxonasidagi shkaf ichida bo‘lgan bahosi 20.000.000 so‘mlik bir dona ayollar tilla zanjiri va bahosi 500.000 so‘mlik uch dona tilla ziraklarni yashirin ravishda o‘g‘irlab ketganligini bildirgan. Bu haqda KUN.UZ’ga Buxoro viloyati IIB xabar berdi.
Ushbu holat bo‘yicha olib borilgan surishtiruv ishlari davomida jinoyatni, Furqat ko‘chasi 24-uyda yashovchi, 1998 yilda tug‘ilgan, jabrlanuvchining nabirasi Sh.I. sodir qilganligi aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan Sh.I.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
12:01 / 09.11.2024
Buxoroda 16 yoshli bola o‘nlab shaxslar nomiga kredit olib, onlayn qimorga tikib yubordi. U qamoqqa olingan
11:34 / 06.11.2024
Buxoroda 1 mlrd so‘mdan ziyod elektrdan noqonuniy foydalangan tadbirkor aniqlandi
15:04 / 03.11.2024
Buxoroda xotiniga og‘ir tan jarohati yetkazgan shaxs qamoqdan ozod qilinib, shartli jazo tayinlandi
20:48 / 09.10.2024