Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Qirg‘iziston bilan chegara muzokaralari o‘tkazishga tayyor
O‘zbekiston chegara masalalarini muhokama qilishga tayyor. Bu haqda O‘zbekistonning Qirg‘izistondagi favqulodda va muxtor elchisi Komil Rashidov matbuot anjumanida bayonot berdi, deb xabar qilmoqda 24.kg agentligi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, tomonlar bu masalada hamkorlik qilish niyatida. Hozirda O‘zbekiston chegara viloyatlari hokimlari va Qirg‘iziston chegaradosh mintaqalari vakolatli vakillarining uchrashuvini o‘tkazish joyi aniqlanmoqda va kun tartibi ishlab chiqilmoqda.
Elchi chegara muzokaralari kelasi yilda bo‘lib o‘tishini qayd etar ekan, kelishuvga erishilishiga ishonch bildirdi. Chunki O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegaralar to‘liq aniqlab olinishini istamoqda.
Bugungi kungacha o‘zbek-qirg‘iz chegarasining 1 ming 170 kilometri aniqlab olindi.
Mavzuga oid
20:07 / 16.07.2026
Qamchibek Tashiyev 2027 yilgi prezidentlik saylovida ishtirok etishdan voz kechdi
10:17 / 16.07.2026
O‘zbekistonga yana juda issiq havo oqimlari kirib keladi
14:46 / 15.07.2026
Parlamentlararo ittifoq O‘zbekiston tajribasini namuna sifatida ko‘rsatdi
20:21 / 10.07.2026