Sport | 09:40 / 06.12.2017
24072
1 daqiqa o‘qiladi

Foto: Chempionlar ligasida nimchorak finalga chiqqan jamoalar

5 dekabr oqshomida Chempionlar Ligasining A, B, C va D guruhlarida 6-tur uchrashuvlari o‘tkazildi. Bu o‘yinlardan keyin 4ta guruhda birinchi va ikkinchi o‘rinlarni qaysi jamoalar egallashi ma'lum bo‘ldi. 

«Manchester Yunayted», «Bazel», «PSJ», «Bavariya», «Roma», «Chelsi», «Barselona» va «Yuventus» keyingi bosqichda ishtirok etadi.

Bugun yana 4 guruhda oxirgi tur uchrashuvlari o‘tkaziladi. Bu guruhlarda «Manchester Siti», «Beshiktosh», «Tottenhem» va «Real» keyingi bosqichni hal qilib bo‘lgan.

YeChLning 1/8 finali va Yevropa Ligasining 1/16 finali uchun qur'a tashlash marosimi 11 dekabr kuni o‘tkaziladi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid