«Investorlarga «shirin kulchalar» berish kerak» - Qozog‘iston bosh vaziri
Qozog‘iston bosh vaziri Boqijon Sagintayev mamlakat qonunchiligidagi “investorlar uchun shirin kulchalar” haqida aytib o‘tdi, deb xabar bermoqda Tengrinews.kz.
"Bizning avtomobil yo‘llarimiz hududining o‘zi – 3 ming kilometr. Bu Xitoydan Yevropaga yuk olib o‘tish uchun juda katta salohiyat, bu yo‘llar orqali juda ko‘p pul ishlab topish mumkin. Shuning uchun bizlarga kelishi lozim bo‘lgan barcha investitsiyalarning yo‘nalishini o‘zgartirish kerak ekani haqidagi fikrga qo‘shilaman. Biz raqamlashtirish, yangilanish yo‘lidan ketayotgan ekanmiz, investorlarimizga qiziq bo‘lishi uchun “shirin kulchalarni” berishimiz kerak. Uning bu sektorga kelishidan tashqari, “shirin kulchalar” bo‘lishi lozim. Bu “shirin kulchalarni” biz o‘z qonunlarimizda yozib qo‘ydik, ular ayni damda parlamentda ko‘rib chiqilmoqda", - deya xabar berdi Sagintayev Ostonada investorlar oldida chiqish qilib.
Uning aniqlik kiritishicha, investorlar uchun imtiyozlar ham yangi Soliq kodeksida, ham sanoat zonalari to‘g‘risidagi nizomda yozib qo‘yilgan.
"Ya'ni, sizlar ishlayotgan sohalarda “shirin kulchalarni” olishingiz lozim, shunda qiziq bo‘ladi. Sizda qaysi davlatga kelish borasida tanlov bor, biroq biz Qozog‘istonga kirib kelishingizni istaymiz", - deya ta'kidlab o‘tdi bosh vazir.
Sagintayev shuningdek Kremniy vodiysidan bo‘lgan kompaniyalar bilan birgalikdagi ish haqida aytib o‘tdi, hamda Microsoft, Sisco va IBM Qozog‘iston bilan turli sektorlarda sinov loyihalarini boshlayotganini ma'lum qildi.
"Shu sababdan, muhandislar, dasturchilar, eng yaxshi mutaxassislarni jalb qilish uchun biz shunday dedik: "Bizning mamlakatga keling, shu yerda ishlang, pul toping, mahsulotni olib keling. Biz sizga uy-joy, ish haqi, ish o‘rinlari borasida kafolatlar taqdim etamiz. Biz sizlarga kelishingiz, ishlashingiz va keyinchalik turli mamlakatlarga eksport qilish mumkin bo‘lgan loyihalarni yaratishingiz uchun barcha imkoniyatlarni beramiz", - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi u.
Mavzuga oid
12:47
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obektlari xavfsizligini kuchaytirdi
12:33 / 21.11.2024
Qozog‘iston holdingi O‘zbekistondan 169 nafar mutaxassisni ish bilan ta’minlaydi
16:29 / 19.11.2024
Qozog‘istonda magistral yo‘lda o‘rtacha tezlikni oshirganlar jarimaga tortiladi
20:59 / 18.11.2024