Jahon | 16:15 / 06.12.2017
4232
2 daqiqa o‘qiladi

Olmaotada yosh oilalarga 100 ta kvartira tarqatiladi

Foto: Pixabay

Olmaotada yosh oilalarga 100 ta kvartira tarqatiladi, deb xabar bermoqda Tengrinews.kz. Bu haqda Olmaota hokimi Baurjon Baybekning “Olmaota – jastar qalasi” forumidagi yoshlar bilan uchrashuvi vaqtida ma'lum bo‘ldi.

Baurjon Baybek 2020 yilgacha yoshlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha shahar yo‘l xaritasini amalga oshirishning birinchi yakunlarini ma'lum qildi, shuningdek, shahar hukumatining sa'y-harakatlari kelajakda keksa avlodga ham qaratilishini ta'kidlab o‘tdi.

"2017 yilda “Olmaota jasari” uy-joy dasturi sinov rejimida ishga tushirildi, uni amalga oshirish uchun mahalliy byudjyetdan bir milliard tenge ajratildi. 35 yoshgacha bo‘lgan olmaotaliklar kvartira xarid qilish uchun imtiyozli kredit olishlari mumkin. Bugungi kunga kelib 6,6 ming murojaat kelib tushdi. Yil oxiriga qadar yosh oilalarga 100 ta kvartiraning kalitini topshirish rejalashtirilgan", - deya xabar berdi Baurjon Baybek.

Bundan tashqari, shaharda, yotoqxonalar soni yetishmasligi muammosi inobatga olinib, "NK "SPK "Olmaota" AJ orqali yotoqxonalar qurilishini moliyalashtirish bo‘yicha loyiha ishga tushirildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid